Donli mahsulotlardan o’rtacha namuna olish




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

 
Donli mahsulotlardan o’rtacha namuna olish. 
Mashinada keltirilgan don yuza qismi va tag qismi to’rt joyidan namuna 
olinadi, olingan namuna og’irligi 1 kg dan oshmasligi va mashina bortidan 0,5 m 
masofada bo’lishi kerak 2 o’qli vagonlar 5 joyidan, to’rt o’qli vagonlarning 11 
joyidan namuna olinadi. 
Og’zi teshik qoplardan konussimon shuplar yordamida qopHing uchta joyidan 
yuqori, o’rta va tag qismidan. Og’zi tikilmagan qoplardan qopHing bir uchidan 
qoplardan namuna oluvchi shuplarda olinadi. 
Qabul qilingan bir partiya mahsulotni qoplar soniga qarab, qaysi qoplardan 
namuna olish kerakligi ko’rsatiladi.
Partiyadagi 
qoplar 
soni 
Namuna olish kerak bo’lgan qoplar soni 
10 tagacha 
Har ikkinchi qopdan 
10 tadan 100 
tagacha 
Partiyadagi qoplar soniga qarab har 5 qopdan
+5 % 
100 tadan ortik 
Partiyadagi koplar soniga qarab
xar qopdan +5 % 
 
Uzumdan namuna olish. 
Uzumning etilishini kuzatish. Uzumning etilishini kuzatish ishlari uning 
etilishiga 2-3 hafta qolganda olib boriladi. Avvaliga har 2- 3 kunda, etila 
boshlaganda har kuni nazorat qilinadi. 
Nazoratni dala yoki laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Dala 
usulida uzumzorda refraktometrdan foydalanib, taxminiy natijalar olinadi va analiz 


39 
natijalari maxsus daftarda qayd qilinadi Hosilni terish kunini aniqlashda, albatta 
laboratoriya usulidan foydalanish lozim. Buning uchun daladagi uzumdan namuna 
olib laboratoriyaga keltiriladi, bu erda uzumdagi qand-miqdori va titrlanadigan 
kislotaliligi aniqlanadi. 
Dala usuli. Dala sharoitida uzumdagi qand miqdorini aniqlash uchun bir navli 
uzumzorning bir necha qatoridan soyalik darajasiga qarab har xil balandlikdagi 
uzumdan 2-3 dona olinadi. Uzum donasidagi qand miqdorini aniqlash uchun uni 
refraktometr prizmasi sirtida siqib bir necha tomchi Sharbat tomiziladi. 
Refraktometr ko’rsatgan kattalikka harorat tuzatishini kiritib, uzum donasi 
Sharbatidagi qand miqdorini foiz kattaligida hisoblanadi. Daladagi uzumning 
qanddorligini aniqlash uchun ayrim uzum toklaridan olingan namunalar qand 
miqdorini foizda hisoblanib, o’rtachasi olinadi. 
Nazorat qilinadigan daladan namuna uchun uzum donalari etilish darajasiga 
bog’liq holda turlicha miqdorda olinadi. Ayrim donalardagi qand miqdori bir-
biridan kam farq qilsa oz miqdordagi namunalar bilan chegaralanish, uzumning 
etilganlik darajasi qay darajada aniq topilsa, olinadigan namunalar sonini ham aniq 
bilib olish mumkin. 
Keltirilgan shartlarga asosan, tekshirilayotgan daladagi uzumning etilish 
darajasini aniqlash ushun 20—40 dona namuna olsa kifoya bo’ladi. Bir tekis 
pishmagan daladan olinadigan namunalar sonini ko’paytirish mumkin. 
Uzumning etilganligini dala usulida tekshirish oddiy, etarli darajada aniqlikka 
ega bo’lgani uchun uni kimyoviy nazorat laboratoriyalarining amaliy faoliyatida 
qo’llashga tavsiya etish mumkin. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Donli mahsulotlardan o’rtacha namuna olish

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish