Titrometrik analiz usullariing sinflanishi u yoki bu moddani aniqlashda
qo’llanilgan kimyoviy reaksiya tavsifi va titrlash usuliga ko’ra amalga oshiriladi.
Titrometrik analizda qo’llaniladigan reaksiyalar o’z tavsifiga ko’ra quyidagilarga
bo’linadi: ionlarning birikishi va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. SHuning uchun
titrometrik analizlar kislota ishqorli titrlash (neytrallash), oksidlanish-qaytarilish
hamda cho’ktirish va kompleks birikmalar hosil qilish kabi usullarga bo’linadi.
1. Kislota ishqorli titrlash (neytrallash) usulining asosini kislota va ishqorlarning
o’zaro ta’sir reaksiyasi tashkil etadi:
N
+
+ON
-
NO. N
2
O
Bu usul eritmalardagi kislota va ishqor konsentratsiyalarini aniqlashda qo’llaniladi.
Eritmadagi ishqor yoki suvli eritmalarda gidroliz tufayli ishqoriy muhit hosil qiluvchi
tuzlar konsentrasiyasini aniqlashda aniq titrli eritma (yoki standart ishchi eritma) sifatida
kislota eritmasi ishlatiladi. Bu turdagi analiz asidimetriya deyiladi. Eritmadagi kislota
yoki suvli eritmalarda gidroliz tufayli kislotali muhit hosil qiluvchi tuzlar
konsentrasiyalarini aniqlashda aniq titrli eritma sifatida ishqor eritmasidan foydalaniladi.
Ushbu turdagi analizlar alkalimetriya deyiladi.
44
Neytrallash usulida ekvivalent nuqta indikator rangining o’zgarishi orqali
o’rnatiladi.
2. Oksidlanish-qaytarilish (redoksimetriya) usullari oksidlanish va qaytarilish
reaksiyalariga asoslangan. Bu usullar titrlash uchun foydalaniladigan reagent deb
atalib, vinochilikda ularning quyidagilari keng qo’llaniladi:
— permanganatometriya usulida kaliy permanganat KMnO
4
ning oksidlanishidan
foydalaniladi;
— yodometriya usuli yodning oksidlanishi yoki J
-
ionining qaytarilishiga
asoslangan.
— bixromatometriya usuli kaliy bixromat K
2
Cr
2
O
7
ning oksidlanish
xususiyatlariga asoslangan.
3. CHo’ktirish yoki kompleks hosil qilish usullari. Cho’ktirish usulida
aniqlanadigan ion kam eruvchan moddaga aylantiriladi, natijada cho’kma hosil
bo’ladi. Bunda muhit o’zgaradi va ushbu o’zgarish ekvivalent nuqtani aniqlashga
imkon beradi. Masalan, xlor ionlarini kumush nitrat (AgNO
3
) tuzi eritmasi bilan
aniqlash.
Kompleks hosil qilish usulining asosini h a m ionlanuvchi kompleks
birikmalarning hosil bo’lishi bilan boradigan jarayonlar tashkil etadi. Ushbu usul
bilan turli kationlar (Ca
2+
, Mg
2+
, Zn
2+
, Su
2+
, Hg
2+
, Fe
2+
, A1
3+
) va anionlar (CN, J
-
,
Cl-) ni aniqlash mumkin. Masalan, suv qattiqligini trilon-B yordamida aniqlash,
Titrlash bo’yicha quyidagi usullar mavjud:
1. Bevosita titrlash usulida aniqlanayotgan ionni reagent eritmasi bilan titrlanadi
(yoki teskarisi).
2. O’rin almashinish usuli u yoki bu sabab bilaneekvivalentlik nuqtasini topish
qiyin bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Masalan, beqaror moddalar bilan ishlagan
vaqtda va sh. k. Havo kislorodi bilan tez oksidlanadigan va bevosita oksidlovchi
yordamida titrlab aniqlanishi qiyin bo’lgan Cr
2+
ionini aniqlaganda quyidagicha ish
ko’riladi: xrom (II tuzining aniq hajmiga temir (III) tuzining aniq titrli eritmasidan
ortiqcha qo’shilsa, quyidagicha reaksiya boradi:
|