1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

Nazorat savollari: 
1. Kompleks sistemaning moxiyati nimada? 
2. Kompleks sistemani qo’llashda bajariladigan ishlar nimalardan iborat? 
3. Kompleks sistemani boshqarish elementlari va xizmat qanday turlarini 
bilasiz? 
4. Texnik yo’riqnomalardan foydalanish usullari qanday? 
 


35 
4. 
Xom-ashyo va tayyor mahsulotlardan namunalar olish.
 
O’rtacha namuna

Oziq-ovqat sanoatini xar bir tarmog’ining, shu jumladan bijg’ish mahsulotlari 
ishlab chiqarish tarmog’i texnokimyoviy nazorati- xom-ashyoni, yordamchi 
materiallarni, oraliq mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va chiqindilarni tekshirish 
uslublarini o’rganadi. 
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining korxonalarida quyidagi 
vazifalarni bajaradigan zavodlarning kimyo laboratoriyalari tomonidan amalga 
oshiriladi: 
1) xom-ashyo va yordamchi materiallarning sifatini nazorat qilish; xom-ashyo 
va yordamchi materiallarda foydali va kerak bo’lmagan moddalar tarkibini 
aniqlash muhim hisoblanadi. 
2) yarim tayyor mhxsulotlarning sifatini nazorat qilish; yarim tayyor 
mahsulotlarning tarkibini bilgan xolda texnologik jarayonlarning o’tishini bajarish 
va nazorat qilish mumkin bo’ladi; 
3) tayyor mahsulotning sifatini nazorat kilish, uni GOST talablariga mos 
kelishini aniqlash; 
4) foydali moddalarni yo’qotish kattaligi nuqtai nazaridan ishlab chiqarish 
chiqindilarini nazorat qilish; 
5) ishlab chiqarishning texnokimyoviy xisoboti;
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining xar bir tarmog’i uchun ishlab 
chiqarishning texnokimyoviy nazorati bo’yicha yo’riqnomalar bor. Har bir 
zavodda konkret ish sharoitlari va bu yo’riqnomalar asosida ishlab chiqarishning 
texnokimyoviy nazorati grafigi tuziladi. Bu grafikda quyidagilar nazarda tutiladi: 
a) tahlil uchun namunani tanlash joylari; 
b) tahlil bajarilishining davomiyligi; 
v) berilgan tahlilda qanday aniqliklar bajariladi. 
Bu aniqliklarning natijalari maxsus labaratoriya jurnallariga kiritiladi. Zavodda 
tahlil natijalari yoziladigan maxsus taxtalar (doskalar) bo’lishi kerak. Namunalarni 


36 
to’g’ri tanlash va tahlilni aniq o’tkazish ishlab chiqarishni sinchkovlik bilan 
o’tkaziladigan texnokimyoviy nazoratini ta’minlaydi.
Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan xom ashyolarni sifatini aniqlash uchun xom 
ashyodan ma’lum miqdorda tahlil uchun namuna olinadi. Namuna olishning o’ziga 
xos usulluri bor. QBMT korxonalarida ishlatiladigan xom ashyolarga: don, uzum, 
lavlagi, melassa, shakar va boshqa yordamchi mahsulotlar kiradi. Bu xom 
ashyolardan tayyorlangan mahsulotlar sifati ishlab chiqarishda ulardan tahlil uchun 
namuna olish kerak. Masalan donli xom ashyolarga: arpa, suli, tarik, javdari, 
bug’doylar kiradi. Spirt ishlab chiqarish korxonalarida arpa, suli, tariq, bug’doy, 
maxsus don undirish uskunalarida o’stirib spirt ishlab chiqarilsa, pivo ishlab 
chiqarish korxonasida asosiy xom ashyo arpa va qulmok (xmel) xisoblanadi. 
Sharob ishlab chiqarish korxonalarida uzum asosiy xom ashyo hisoblanadi, 
qand ishlab chiqarish korxonalarida asosiy xom ashyo shakar qamish va qand 
lavlagi hisoblanadi. Bu xom ashyo YATM (yarim tayyor mahsulot) sifati va 
kimyoviy tarkibini aniqlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hammasini 
tahlil kilib bo’lmaganligi uchun ularni o’rtacha namuna olish kerak. 
Bir Partiya- xoxlagan miqdordagi bir xil , bir joyda saqlangan va bir vaqtda 
qabul qilib olinishi kerak bo’lgan mahsulotdir. 
O’rtacha namuna olishda xato qilmaslik zarur chunki olingan namuna bo’yicha 
qabul qilinayotgan mahsulotni sifati va tayyor mahsulotning sifati aniqlanadi. 
SHuning uchun qabul qilingan bir partiya mahsulotning har eridan ozginadan 
namuna olib, so’ng yaxshilab aralashtiriladi, bu tahlil uchun dastlabki mahsulot 
hisoblanadi. 
Mahsulotni turiga qarab (suyuq, quruq, quyuq) o’rtacha namuna olishni o’ziga 
xos qoidalari mavjud. Masalan: suyuq mahsulotlardan namuna olishda (Sharob, 
Sharbat, spirt, pivo) sifonlaridan foydalaniladi. (sifon - rezina yoki egilgan shisha 
trubka) yoki liverda olinadi. 
Quyuq yopishqoq materiallardan esa (ekstrakt) shuplardan- 
foydalaniladi. Shup metalldan yasalgan asbob bo’lib uning uch tomoni 


37 
ingichka va uzunligi bo’ylab o’yilgan qismi bo’lganligi sababli olinayotgan 
namuna shu o’yilgan joyga yig’iladi. 
Shuplar yordamida qand-shakar, donli mahsulotlardan ham namuna olishda 
foydalaniladi. 
Suyuq xoldagi materiallardan olingan namuna toza, yuvilgan va bir marotaba 
shu material bilan chayqab tashlangan idishlarga solinadi va yangi qopqoq bila 
berkitib qo’yiladi. 
Qattiq yoki sochiluvchi materiallardan olingan (shakar, arpa, bug’doy) namuna 
esa yaxshi yuvilgan toza banklarga solinib, maxkam yopilib qo’yiladi. O’rtacha 
namuna olish maxsus asboblardan tashqari texnik tarozi, o’lchov idishlaridan xam 
foydalaniladi. 
Donli va sochiluvchan mahsulotlardan namuna olishda maxsus shuplardan 
foydalaniladi. Shuplar asosan konussimon, silindrsimon shuplar va qoplardan 
namuna olish uchun maxsus shuplar (meshochnыy shup) mavjud. 
Konussimon shuplar yordamida avtomashina, vagon yoki omborxonalarda 
saqlanayotgan donlardan namuna olish mumkin. Konussimon shupHing tuzilishi 
bu metall dastlabki uzun ichi bo’sh truba bo’lib, ichki qismida xarakatlaydigan 
metall konus o’rnatilgan. Ichi bo’sh trubani ichki qismida xarakatlanuvchi metall 
sterjen joylashgan, sterjenning ustki qismida dastak va quyi kismida dastaksimon 
bo’lib, u konusni berkitib turadi. Namuna olish vaqtida qopqoq yopiq xolda 
bo’ladi. Ma’lum joydan namuna olayotgan vaqtda xarakatlanuvchi dastak 
xarakatga keltirib, disksimon qopqoq ochiladi va konus donga to’lgach, qopkoq 
qayta yopiladi va namuna shu tartibda olinadi. 
Silindrsimon shup: bu shup yordamida xam sochiluvchan materiallardan 
namuna olinadi. Bu turdagi shuplar ichi bo’sh ikkita silindrdan iborat bo’lib, 
ularning diametri 5 sm lidir. 
ShupHing yuqori qismida dastak joylashgan. Tashqi silindrni butun bo’ylab 
o’yilgan joylari ichki silindrni uzunligi bo’yicha ko’ndalang to’siq bo’lib, ular 
silindrni bir necha qismga bo’lib turadi. Ichki silindrda avval mahkamlangan 


38 
dastakni harakatlantirish natijasida tashki o’yiq yopiladi va silindrsimon shup 
namuna olinayotgan vagon yoki avtomashinadagi donga botiriladi va dastak qayta 
xaraktga keltirilib, donga to’diriladi va qaytadan dastak xarakatlantirilib avvalgi 
o’yiqlar qayta yopiladi va shu tartibda olinadi. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish