1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

Titrometrik 
analizda qo’llaniladigan 
reaksiyalarga qo’yilgan 
talablar. 
Titrometrik analizning o’ziga xos tomonlaridan biri shundan iboratki, titrlashda 
reagentning ortiqcha miqdori emas, balki reaksiya tenglamasiga mos keladigan va 
tekshirilayotgan modda ekvivalentiga teng bo’lgan reagentdan foydalaniladi. SHu 
bilan birga tekshiruv natijasini hisoblash ham ekvivalentlik qoidasiga asoslanadi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, titrlashda ekvivalent nuqtani aniq qayd qilish 
muhim ahamiyatga ega. Ayrim hollarda ushbu nuqta rangli reagentning reaksiyaga 
kirishishi natijasida o’z rangini o’zgartirishi bilan aniqlanadi. Masalan, sulfat kislotasi 


42 
qo’shilgan temir (Il)-sulfat tuzi eritmasini kaliy permanganat KMnO
4
eritmasi bilan 
titrlanganda reaksiya quyidagicha boradi:
8N
+
+ 5Fe
2+
 + MnO
4
 = 5Fe 
3 +
Mn
2 +
 + 4N
2

Titrlanayotganda kaliy permanganat KMnO
4
eritmasining tomizilgan tomchisi 
muhitda darhol rangini yo’qotadi. Ya’ni, Fe
2+
ionlari MnO
4
ionlarining to’q rangini 
deyarli rangsiz bo’lgan Mn
2+
ionlarigacha qaytaradi. Lekin Fe
2+
ionlarining hammasi 
Fe
3+
ionlariga oksidlangach kaliy permanganat KMnO
4
eritmasining tomchisi 
muhitni och malina rangga bo’yaydi. Bunda ekvivalent nuqtadan o’tib ketiladi 
hamda titrlash yakunlanadi. Demak, titrlash qat’iy ekvivalent nuqtada emas, balki 
muhitga kaliy permanganat KMnO
4
eritmasidan bir oz ortiqcha miqdorda tomizish 
bilan tugatiladi. Titrlash oxiri ekvivalent nuqta bilan mos kelmaydi, natijada, 
«titrlash xatoligi» deb nomlanadigan me’yordan chetga chiqiladi. Lekin aniq titrli 
KMnO

eritmasi o’ta suyultirilganligi va ortiqcha miqdori bir tomchidan 
ortmasligini nazarda tutsak, xatolik juda kichik ekanligini tushunish qiyin emas. 
Odatda, ushbu xatolik hisobga olinmaydi. 
Titrlash jarayonida sezilarli (ko’z bilan sezib bo’ladigan) o’zgarishlarga 
uchraydigan (rangning o’zgarishi, cho’kma hosil bo’lishi) va natijada, ekvivalent 
nuqtani aniqlashga imkon beradigan moddalar indikatorlar deyiladi. Indikatorlarga 
lakmus qog’ozi, fenolftalein, metil ko’ki kabilar misol bo’ladi. Ular neytrallanish 
reaksiyasiga asoslangan analizlarni o’tkazishda qo’l keladi. Bundan tashqari, 
oksidlanish-qaytarilish va cho’kma hosil bo’lishiga asoslangan reaksiyalar indikatorlari 
ham mavjud. O’zgarishlarni aniq sezish qiyin bo’lgan hollarda kuchli bo’yalgan yoki 
loyqa eritmalarni indikatorlar ishtirokida titrlash mumkin emas. Bunda ekvivalent 
nuqta titrlash jarayonida eritma ayrim fizik xususiyatlarining o’zgarishi asosida 
o’rnatiladi. Ushbu o’zgarishlar analizning elektrometrik usullari mohiyatini 
tashkil etadi. Vino titrlanadigan kislotaliligini elektrometrik usulda aniqlash ham 
shunga asoslangan. Ya’ni, vino oksidlanish-qaytarilish potensiali qiymatiga ko’ra 
ekvivalent nuqta o’rnatiladi. 


43 
Reaksiyani muvozanat holigacha aniq miqdorda o’tkazish titrometrik usulni 
qo’llashning ikkinchi zaruriy sharti hisoblanadi. Bu esa reaksiya muvozanatining 
muayyan konstanta kattaligi bilan tavsiflanadi. Konstanta etarlicha katta bo’lishi yoki 
boshqacha aytganda, teskari reaksiyaning muvozanat konstantasi kichik bo’lishi 
lozim. Aks holda aniq titrlash mumkin bo’lmay qoladi. 
Titrometrik analizda etarli darajada tez boradigan reaksiyalargina qo’llaniladi. 
Sekin boradigan reaksiyalarda ekvivalent nuqtani aniqlash qiyin, titrlashda aniq titrli 
eritmadan ko’p sarflab yuborish mumkin. Bu usulda analiz natijalarini aniq 
hisoblashga xalal beradigan qo’shimcha reaksiyalar sodir bo’lmasligi lozim. Ya’ni, aniq 
titrli eritma aniqlanishi lozim bo’lgan modda bilangina reaksiyaga kirishishi, 
eritmada reaksiyaning borishiga yoki uning ekvivalent nuqtasini aniqlashga 
to’sqinlik qiladigan moddalar bo’lmasligi kerak. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish