1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

Laboratoriya usuli. Tekshiriladigan daladan keltirilgan namuna daladagi 
hosilning o’rtacha namunasi bo’lganidagina laboratoriya sharoitida aniqlangan 
qand miqdori va titrlanadigan kislotalar ulushi haqiqiy holatni bildiradi. Shuning 
uchun daladan uzumning o’rtacha namunasini olish masalasiga alohida e’tibor 
berish lozim. 


40 
Daladagi uzumning o’rtacha namunasini olish. Tokning balandligi va eniga, 
quyosh nurining tushishiga qarab bir necha qatordagi toklardan bir-ikki boshdan 
uzumni uzib olinadi. Agar uzum ustun (shpaler)siz o’stirilgan bo’lsa, namuna 
dalaning diagonali bo’ylab olinadi (konvert usuli). Daladagi uzum holatini aniq 
ko’rsatishi uchun etilganlik darajasi turlicha bo’lgan namunaning umumiy massasi 
3—5 kg. ni tashkil qilishi lozim.Namuna olish katta tajriba talab qilgani sababli, bu 
ishni maxsus yo’riqnoma olgan tajribali bog’bonga topshirish lozim. O’rtacha 
namuna olish ustidan nazoratni laboratoriya xodimi olib boradi.Uzum namunasini 
analizga tayyorlash. Keltirilgan namunadagi uzumdan etilish darajasiga qarab, 1-2 
kg ajratib olib laboratoriya pressida siqiladi. Press bo’lmagan hollarda uzumni 
matodan tikilgan xaltachaga solib, qo’l bilan siqib Sharbatini olsa bo’ladi. Har 1 kg 
uzumdan 550—600 ml Sharbat siqib olish kerak. 
 
Nazorat savollari: 
1. Mahsulotlardan namuna olishning qanday turlari bor? 
2.O’tacha namunalar qanday olinadi? 
3.Uzumdan o’rtacha namuna olish? 
4.Dala va laboratoriya usulining farqi nimada? 
5. Donli mahsulotlardan qanday namuna olinadi? 


41 
5. 
Mahsulotlarni fizik va fizik kimyoviy ko‘rsatgichlarini aniqlash 
usullari

 
Titrometrik (hajmiy) tahlilning mohiyati. Titrometrik analizlar tez bajarilishi bilan 
tavsiflanadi. Ushbu tezlikka konsentrasiyasi (yoki titri) aniq reagentning hajmini 
o’lchash bilan erishiladi. Ya’ni, titrometrik analizlarda o’zaro reaksiyaga 
kirishadigan ikki moddaning hajmini o’lchash bilan cheklaniladi. 
Titr deb, 1 ml eritmada erigan moddaning gramm yoki milligrammda 
ifodalangan qiymatiga aytiladi. Masalan, «shavel kislotasining titri 0,0063 g/ml» 
iborasi eritmaning har millilitrida 0,0063 g shavel kislotasi mavjudligini bildiradi. 
Titr «T» harfi bilan belgilanadi hamda yuqoridagi misol T H
2
S
2
O2H
2
O - 0,0063 g/ml 
tarzidai foydalanadi. 
Titri aniq eritma titrlangan yoki aniq titrli eritma deb ataladi. Analizda aniq titrli eritma 
byuretkaga quyiladi va tekshirilayotgan eritmaga oz-ozdan tomiziladi. Tekshiruv 
titrlashga sarflangan reagent miqdori tekshirilayotgan modda miqdoriga ekvivalent 
bo’lguncha davom ettiriladi. Ayrim hollarda byuretkadan kolbadagi aniq titrli 
eritmaga tekshirilayotgan modda eritmasidan quyiladi. Qaysi usulda olib 
borilishidan qat’iy nazar bunday ish jarayoni titrlash deyiladi. 
Byuretkadan titrlashga sarflangan reagent eritmasi (aniq titrli eritma) titrini bilgan 
holda tekshirilayotgan moddaning grammda ifodalangan miqdori aniqlanadi. Reaksiya 
tenglamasidan esa tekshirilayotgan eritmadagi moddaning miqdorini, hajmi aniq bo’lsa, 
eritma titrini hisoblash mumkin. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish