52
1. pH ning bir-biriga yaqin kattaliklarida indikator rangi keskin farqlanishi
kerak.
2. Indikatorlarning rangi pH ning unchalik katta bo’lmagan oralig’ida keskin
o’zgarishi lozim.
3. Indikatorning rangi iloji boricha jadal o’zgarishi kerak.
4. Indikator rangining o’zgarishi uchun kislota yoki asosning miqdori shu darajada
kam bo’lishi kerakki, u analiz natijasiga salbiy ta’sir qilmasin.
5. Indikator rangining o’zgarishi to’la qaytar bo’lishi kerak.
Bu talablar indikatorlarni tanlashni chegaralaydi. Indikatorlik xususiyatiga ega
bo’lgan moddalar turining nihoyatda ko’pligiga qaramasdan ularning soni 20 dan
oshmaydi. Titrlashda indikatorlarni to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Sharobchilikda kislota-asosli titrlashda indikatorlardan fenolftalein, lakmus
(azotlitmin), alizarin, timolftalein, qizil va to’q sariq metil va shu kabilar ko’p
ishlatiladi.