ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi
bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va
tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik,
bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas
sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf
o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7)
kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘,
gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi
asosiy guruhlarga bo‘linadi:
1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va
asboblar ko‘rib chiqilgan.