1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

Kaliy permanganat KMnO
4
 eritmasini tayyorlash va saqlash.
Kaliy permanganat bilan titrlash indikator ishtirokisiz amalga oshiriladi. KMnO
4
bir tomchisining konsentrasiyasi 0,01 n bo’lganda ham 50 ml suyuqlikni och qizil 
rangga bo’yagani uchun 0,1 n. li eritmani ishlatish tavsiya etilmaydi. Odatda, kaliy 
permanganatning 0,02—0,05 n. li eritmasidan foydalaniladi. 


60 
Kaliy permanganat eritmasida hamma vaqt qaytarilish moddalari, masalan, MnO
2

uchraydi. Bundan tashqari, eritmaga havo changlari orqali tushuvchi organik 
moddalar, ammiak kabi qaytaruvchilar ta’sirida kaliy permanganat qisman 
parchalanadi. SHu sababli KMnO
4
eritmasi konsentrasiyasi vaqt o’tishi bilan 
birmuncha pasayadi. Bundan tarozida tortilgan namuna yordamida KMnO
4
ning aniq 
titrli eritmasini amalda tayyorlab bo’lmasligi kelib chiqadi. Kaliy permanganatning titri 
eritma tayyorlangandan 7—10 kun o’tgach aniqlanadi. 
MnO
2
kaliy permanganatning parchalanishiga katalitik ta’sir ko’rsatishini 
hisobga olgan holda kaliy permanganat eritmasi etarli darajada barqaror bo’lishi va 
uning titri o’zgarmasligi uchun MnO

cho’kmasini muhitdan bartaraf etish lozim. 
Kaliy permanganat eritmasi rezina, po’kak tiqin, qog’oz kabilarni oksidlaydi
shuning uchun ushbu eritmani qog’oz filtr orqali filtrlash mumkin emas.
Muhitdan MnO
2
cho’kmasini bartaraf etish uchun shisha filtrli tigellardan 
foydalanish yoki sifon orqali dekantasiya qilish tavsiya etiladi. 
Kaliy permanganat eritmasini qorong’i joyda yoki qora rangli shishadan 
tayyorlangan idishda saqlash lozim, chunki yorug’lik KMnO

ning parchalanishini 
tezlashtiradi: 
Kaliy permanganat eritmasining 1 litr 0,02 n. li eritmasini tayyorlash uchun 
0,02x31,61 - 0,63 g namuna, 1 litr distillangan suv olinadi. Kaliy permanganat 
tuzining suvda yomon erishini nazarda tutib suvning bir qismini qariyb qaynaguncha 
qizdiriladi. Stakanga solingan kaliy permanganat tuzi ustiga oz-ozdan qizdirilgan 
distillangan suvdan quyib, aralashtiriladi. Vaqti-vaqti bilan kristallar ustidagi 
suyuqlikni boshqa idishga to’kiladi va kristallar ustiga yangi qaynoq suv quyiladi. 
SHu yo’l bilan tayyorlangan eritmani 1 litr hajmli shisha idish (sklyanka)ga o’tkaziladi. 
Qolgan suv ham shu shisha idishga quyilib, aralashtiriladi va 7— 10 kun qorong’i joyda 
saqlanadi. Belgilangan vaqt o’tgach, suyuqlik MnO
2
ning cho’kmasidan ajratib 
olinadi. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish