Standartlashtirishning maqsad va vazifalari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o’rinlarida mahsulotlar deb
yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun
xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning
manfaatlarini himoya qilish;
- mahsulotlarning o’zaro bir - birining o’rnini bosishini va bir-biriga
monandligini ta’minlash;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq
xo’jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda
raqobatbardoshligini oshirish;
- resurslarning barcha turlarini tejashga,ishlab chiqarishning texnikaviy-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ko’maklashish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga
kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo’jaligi ob’ektlarining xavfsizligini
ta’minlash;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati
to’g’risidagi to’liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
- mudofaa qobiliyatini va mustaxkamligini ta’min lash;
- o’lchashlarning yagonaligini ta’minlash;
- ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati
to’g’risidagi ko’rsatkichlarini tasdiqlash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
- iste’molchi va davlatning manfaati yo’lida mahsulotning sifati va
nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo’yish;
23
- davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan
mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab
chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash,shuningdek hujjatlardan
umumli foydalanishin nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro,
mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash;
- bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli,
informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o’zaro
almashinuvchanligini ta’minlash;
- parametrik va turlar o’lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni,
buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy
qismlarini aniqlash va qo’llash asosida birxillashtirish;
- mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, hom ashyo va materiallar
ko’rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog’lanishi;
- material va energiya sig’imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi
texnologiyalarni qo’llash;
- mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
- metrologik me’yor,qoida,nizom va talablarning belgilanishi;
- standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj
oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini
kuchaytirish;
- xorijiy mamlakatlarning talablari O’zbekiston Respublikasining xalq
xo’jaligi ehtiyojlarini qondiraolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy
standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to’g’ridan -
to’g’ri qo’llash tajribasini kengaytirish;
- texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
- mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida
xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
24
- texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy
qilish;
- sinovlarni me’yoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini
sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish;
|