• O’ZBEKISTONDA STANDARTLASHTIRISHNI RIVOJLANISH SANALARI.
  • Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab
    chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga 
    yo’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli 
    bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, 
    tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan 
    tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. 
    Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga 
    qo’yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va 
    o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi
    oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan. 
    Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyiha - 
    konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat 
    ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa mahsulotning ishlab 
    chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 
    Standartlashtirish mahsulot muomalada bo’lganida va sotish 
    bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar 
    yaratishga,yuklashga va joylashtirishga,saqlashga ,omborlarda mahsulot sifatini 
    buzilmay saqlashga,transportda olib yurishda, buyumni tarqatish,sotish 
    tashkilotlariga talablar belgilaydi. 


    20 
     O’ZBEKISTONDA STANDARTLASHTIRISHNI RIVOJLANISH 
    SANALARI. 
    − Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent 
    shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan 
    belgilanadi. 
    − 1926 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Xalq Komissariatining Ishchi – 
    dexqon Inspeksiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi. 
    − 1933 yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish 
    komitetining O’zbekiston bo’yicha tosh va tarozilar ishlari bo’yicha markaziy 
    boshqarmaga aylantiriladi. 
    − 1939 yilda ushbu boshqarma O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida 
    tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o’lchov asboblari davlat nazorati 
    Respublika labaratoriyasi (O’z RLGN) tuziladi va keinchalik esa bu labaratoriya 
    Standartlashtirish va metrologiya O’zbekiston markaziga aylantiriladi. (O’z SSM) 
    − 1973 yilda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o’lchov va o’lchov 
    asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O’zbekiston respublikasi 
    standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi. (O’z gosstandar).
    − 
    1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №93 qaroriga 
    asosan Vazirlar maxkamasi qoshida O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, 
    metrologiya va sertifikatsiyalash markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O’z 
    gosstandart) 
    − 2002 yilda esa O’zgosstandart O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va 
    sertifikatsiyalash agentligiga («O’zstandart agentligi») aylntiriladi.
    O’zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar O’zstandart agentligi 
    tomonidan tasdiqlanadi.
    — Davlatlararo standart-GOST 
    — O’zbekiston davlat standarti - O’z DSt 
    — Umumdavlat klassifikatori - O’z DT 


    21 
    — Normalar va qoidalar -*) 
    — O’zbekiston rahbariy hujjati - O’z RH 
    — Tavsiyalar - O’z T 
    Tarmoqlar bo’yicha yuritiladigan normativ hujjatlar Tarmoq tashkilotlar 
    tomonidan tasdiqlanadi. 
    — Tarmoq standarti –TSt 
    — Tarmoq klassifikatori –TT 
    — Normal va qoidalar -*) 
    — Rahbariy hujjat - RH 
    — Tavsiyanomalar –T 
    Ma’muriy-hududiy normativ hujjatlar Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 
    — Ma’muriy –hududiy standart –MHSt 
    Korxona bo’yicha normativ hujjatlar Korxona rahbarlari tomonidan 
    tasdiqlanadi. 
    — Texnik shartlari - TSh
    — Korxona standarti - KSt 
    Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng 
    samarador formalari haqidagi fandir. 
    Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy 
    yo’nalishlarni bir - biriga bog’lovchi vosita hamdir. 
    Ko’pgina texnika jihatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish 
    masalalariga o’suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan
    standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda. 
    Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional 
    joriy qilish,mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni 
    ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda. 
    1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha qabul 
    qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to’g’risda" qonun ham qabul 


    22 
    qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish 
    tizimi uchun asosiy jujjat hisoblanadi. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab

    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish