7
1.Fanning maqsadi va vazifalari
Xozirgi zamon oziq-ovqat sanoati texnolog va muhandis xodimlaridan
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlari tarkibi qanday kimyoviy moddalar borligini chuqur
bilishni talab qiladi. Chunki bu moddalarni bilish iste’molchilar organizmida
sodir bo’layotgan turli fiziologik va patologik jarayonlar mohiyatini tushunishga
yordam
beradi.
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida
mikrobiologik va texnologik nazorat har taraflama tekshiruv bo’lib, u xom-
ashyolarni
qabul qilishdan tortib, texnologik jarayonlarning borishidan to tayyor
mahsulot chiqarishgacha barchasini o’z ichiga oladi.
Insoniyat oldida birinchi navbatda turgan masala, oziq-ovqat masalasi bo’lib
kelgan va bundan keyin ham qoladi, chunki inson organizmining hayoti
uchun
zarur moddalarni oziq-ovqatdan oladi. Sifatli mahsulotlar tayyorlash avvalambor,
xom-ashyo tarkibida bo’lgan va mahsulotga qo’shilgan kimyoviy moddalar turlari,
tarkibini,
tuzilishini, olinish usullarini xamda texnologik va organizmda xazm
bo’lish jarayonlarida qanday o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga
bog’liqdir. Ishlab chiqarish mahsulotlarni turiga qaramay xamma bijg’ish
mahsulotlar korxonalari o’simlik xom ashyolarini qayta ishlaydi. Mahsulot ishlab
chiqarish texnologiyasi esa biokimyoviy jarayonlarga asoslangan va uni nazorat
qilish, boshqarish bir xil parametrlar orqali amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat sanoati xar bir tarmog’ining texnokimyoviy nazorati,
shu jumladan
bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog’i xom-ashyoni, yordamchi materiallarni,
oraliq
mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va chiqindilarni tekshirish uslublarini o’rganadi.
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining korxonalarida texno-kimyoviy
nazorati quyidagi vazifalarni bajaradigan zavodning kimyo labaratoriyalari tomonidan
amalga oshiriladi:
1) Xom-ashyo va yordamchi materiallarning sifatini nazorat qilish; xom-ashyo va
yordamchi materiallardagi foydali moddalar va kerak bo’lmagan narsalar tarkibini
aniqlash muhim hisoblanadi.
8
2) Yarim tayyor mahsulotlarning
sifatini nazorat qilish; yarim tayyor
mahsulotlarning tarkibini bilgan xolda, texnologik jarayonlarning o’tishini boshqarish
va nazorat qilish mumkin bo’ladi ;
3) Tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilish, uni O’zDst talablariga mos kelishi;
4) Foydali moddalarni yo’qotilish kattaligi nuqtai nazaridan, ishlab chiqarish
chiqindilarini nazorat qilish;
5) Ishlab chiqarishning texnokimyoviy hisoboti.
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining har bir tarmog’i uchun
ishlab chiqarishning texnokimyoviy nazorati bo’yicha yo’riqnomalar bor. Har bir
zavodda aniq ish sharoitlari va bu yo’riqnomalar asosida
ishlab chiqarishning
texnokimyoviy nazorati grafigi tuziladi.
Bu grafikda quyidagilar nazarda tutiladi:
1) tahlil uchun namunani tanlash joylari;
2) tahlilni bajarilish davomiyligi;
3) berilgan tahlilda qanday aniqliklar bajariladi.
Bu aniqliklarning natijalarini maxsus laboratoriya jurnallariga kiritiladi. Zavodda
tahlil natijalari yoziladigan maxsus taxtalar (doskalar) bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishda
aniqlangan barcha nosog’lom
hodisalar, vaziyatlar uchastka raxbariyatiga va
xodimlariga o’z vaqtida xabar berishi kerak .
Laboratoriyada o’tkazilgan tahlillar asosida korxona rahbariyati bilan birgalikda
texnologik tartibni ishlab chiqadi va aniqlaydi, nome’yoriy narsalarni yo’qotishlarni
oldini olish yo’llarini belgilaydi, sifatsiz mahsulot chiqishini ogoxlantiradi.
Tahlillarni to’g’ri o’tkazishning hal qiluvchi sharti o’rtacha namunalarni
sinchiklab tanlash hisoblanadi.
Namunalarni to’g’ri tanlash va tahlilni aniq o’tkazish ishlab chiqarishning
sinchkovlik bilan o’tkaziladigan texnokimyoviy nazoratini ta’minlaydi.
Oziq-ovqat sanoati xar bir tarmog’ining texnokimyoviy nazorati, shu jumladan
bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog’i xom-ashyoni, yordamchi materiallarni,
9
oraliq mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va chiqindilarni tekshirish uslublarini
o’rganadi.