180
Nordon va nimshirin Sharoblarni isik quyish (goryachiy rozliv) liniyalarida
kuyiladi, bunda Sharoblarga mikroorganizmlarni tushishi oldi olinadi.
Butilkaga Sharob to’ldirilgandan so’ng qopqoqlanadi. Qopqoqlangan butilkadan
Sharobni oqib ketishi, xavo kirishi tekshiriladi. Qopqoqlash uchun
turli polimerlar,
kronen-probka, korkali va boshka propkalar ishlatiladi.
Shundan so’ng butilkalarga etiketkalar yopishtirilib. aksiz kog’ozi yopishtirilali.
So’ngra yashiklargi joylashtirilib tayyor mahsulot omborlariga yuboriladi.
Sharoblarni issiq xolda quyish (goryachiy rozliv) Sharoblarni 43-55
0
C gacha
qizdirib butilkalarga quyishdir. Bu uslub Sharoblarni biologik barqarorligini
oshiradi. Yana bu uslub Sharoblarni kalloid loyqalanishga barqarorligi oshadi.
Ishlov berilayotgan Sharoblarda mikroorganizmlar konsentratsiyasi qanchalik
yuqori bo’lsa, pasterizatsiyalash parametrlari shunchalik yuqori bshlishi kerak.
Sharoblarda spirt miqdori yuqori bo’lsa mikroorganizmlarni issiqlikka chidamliligi
kamayadi.
Mahsulotlarni qopqoqlash, bezash, transportirovka qilish va saqlash GOST
5575 bo’yicha va shisha butilkalarga qadoqlashda Respublika Davlat me’yoriy
xujjatlariga mos kelsa Sharob-aroq sanoatida ishlatilishiga ruxsat etiladi.
Sharoblarni qadoqlashda hajmi bo’yicha quyiladi. Shisha butilkalarni
qopqoqlashda po’kakli tiqinlar GOST 5541 bo’yicha va polietilenli probkalar TU
O’z 10.03 – 0334056 – 3 bo’yicha, yorliqlarni (etiketka) TU O’z 9571 – 016 –
1162078 bo’yicha amalga oshiriladi.
Yorliqda (etiketka) quyidagilar ko’rsatiladi:
- O’zbekiston Respublikasida ishlab
chiqarilgan,
- Yuqori tashkilot nomi,
- Ishlab chiqaruvchining nomi va uning manzili Oz Dst 942 : 1999
- Korxona berilgan kod, aksiz
markadagi kod raqamiga
muvofiqlashtirilgan va aksiz solig’i qonunshunosligida ko’rsatilgan,
- Mahsulot nomi,
- Tovar belgisi (tovar belgisi olganligiqayd etilgan tashkilotlar uchun),
181
- Quvvati, % hajmda,
- Massa konsentratsiyasi bo’yicha qandi, g\dm
3
– da,
- Shisha idish sig’imi, litrda
- Amaldagi standart belgisi,
-
Yaroqlik muddati,
- Quyilgan sanasi,
- Muvofiqlik belgisi, O’zdavstandarti Davlat reestrida qayd etilgan raqami
bilan,
- Shtrixli kod.
Qalpoqchalarga o’chmas bo’yoq yoki muxrlangan:
-
korxona nomi,
- yoki tovar belgisi,
- yoki muvofiqlik belgisi tushiriladi.
Shisha sig’imlarni bezash ishlari tugagach shishaning uchki qismiga korxona
kodi ko’rsatilgan aksiz marka mustahkam elimlanadi.
Muvofiqlik belgisi tayyorlovchining xohishiga binoan tiqinda ham qo’shimcha
qayd etilishi mumkin.
Alkogolli ichimliklaprnri markalash uchun “Sharq” konserni va “Davlat
belgisi” DIB bosmaxonasida yuqori navli bo’rlangan “melovanli” metallashtirilgan
o’zi yopishuvchi va Davlat belgili qog’ozlarga qalbakilikka yo’l qo’ymaydigan
poligrafik va boshqa himoyalovchi vositalar yordamida tayyorlangan yorliqlar
qo’llaniladi.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan xolatda “Sharq” konsenrni va “Davlat
belgisi” DIB bosmaxonasida maxsus rad
javobi olinsa, unda yorliqlar
byurtmachining xoxishiga binoan boshqa bosmaxonalarda, jumladan O’zbekiston
Respublikasidan chetda xam tayyorlanishi mumkin.
Shisha idish sig’imiga qo’shyilgan etiltirilgan markali va kolleksiyali vinolarga
“Etiltirilgan”, “Markali”, “Kolleksiyali” ekanligini ko’rsatilgan
yozuv belgilari
qo’yilgan.
182
Shisha idish sig’imiga qo’yilgan vino kol’eretka va kontryorliqqa yoxud badiiy
bezalgan qog’oz bog’ichda boshqa ma’lumotlarni xam ko’rsatish mumkin, shular
qatorida
Korxonaga asos solingan yil,
Reklamaga ta’luqli informatsiya ma’lumotlari.
Shisha idish sig’imlariga qadoqlangan Sharoblar karton qutilarga GOST 13516
bo’yicha, ko’p marotaba qayta ishlatiluvchi yashiklarga TU O’z 10 - 03 –
0334056 – 01 bo’yicha joylanadi.
Mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasi xududidan chetga chiqarishda
gofrakarton qutilarini tamg’alash GOST 14192 bo’yicha amalga oshiriladi va
manipulyasion belshilar “Extiyot bo’ling mo’rt”, “”Yuqorisi , “Namlikdan
saqlang” kabilar yopishtirilgan.
Ishlov berilgan uzum vinomateriallari bochkalarda va butlarda sog’liqni saqlash
vazirligi ruxsat etgan materiallardan tayyorlangan ichki satxini
muxofaza etuvchi
qoplama bilan qoplangan rezervuarlarda va sig’imlarda saqlanadi.
Ishlov berilgan uzum vinomateriallarini xamma turdagi transport vositalarida
tashish ular uchun o’rnatilgan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Sharoblarni saqlash va tashishda +5
0
Cdan kam va +16
0
C dan yuqori bo’lmagan
xaroratda va bu jarayon davomida quyosh nuri to’g’ridan-to’g’ri tushmasligi
muxofazalangan bo’lishi kerak.