1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

 
 
 


185 
18. 
Eksperimental natijalarni qayta ishlash uslublari.
 
Olingan eksperimental materiallarni tahlil qilish uchun matematik sttistika usuli 
qo’llaniladi. U yordamida quyidagi masalalarni xal qilish mumkin: analiz 
natijalarini bir xil chiqishini, analizni to’g’riligini, anilizni kafolatligini va o’rtacha 
arifmetik qiymatini.
Tasodifiy muxim ko’rsatkichni xarakterlash uchun o’rtacha arifmetik 
ko’rsatkich ishlatiladi. O’rtacha arifmetik ko’rsatkich xamma olingan analiz 
natijalarini ko’rsatkichi yig’indisini uni soniga bo’lish usuli bilan aniqlanadi. 
Dispersiya – xamma olingan natijalarni o’rtacha arifmetik ko’rsatkichga 
nisbatan gruppalarga bo’lish tushuniladi.
 
Olingan natijalarni grafik usulda tahlil qilish. 
Odatda olingan natijalarni ko’pincha jadval ko’rinishida ifoda etiladi. Bunda bir 
qatorda tajriba sharoitini ko’rsatkichi qo’yilsa, ikkinchi qatorda shu sharoitda 
olingan natija keltiriladi. 
Lekin, olingan natijalarni grafik usulda berish katta yutiqlarga ega. Bunda yuz 
berayotgan o’zgarishlar yaqqol ko’zgatashlanadi. Eksperimental tajriba asosida 
olingan tenglik empirik tenglama yoki empirik formula deyiladi. 
Empirik formula orqali tenglamani xar bir argumentiga (x) to’g’ri keladigan 
funksiyani (u) aniqlash mumkin.
Laboratoriya amaliyotida moddalarni miqdorini aniqlash uchun kalibrovka 
grafigi keng qo’llaniladi. 
Mahsulotlarni analiz qilish vaqtida, bitta analiz bir nacha marotaba 
aytarilganda xar xil natijalar olish mumkin. Xar bir natija ma’lum qiymatga ega 
bo’ladi va xaqiqiy natijadan farqlanishi mumkin, yani xatolik va cheklatish 
kuzatiladi. Xatolikni sababi turlicha bo’ladi. Bu xatolik quyidagi turlarga bo’ltnadi: 
tasodifiy, sistematik va qo’pol xatoliklar.


186 
Tasodifiy xatolik – sababi turlicha bo’lishi mumkin, uni xisobga olish amaliy 
jixatdan mumkin emas. Tasodifiy xatolik meteorologik sharoitni o’zgarishi tufayli, 
analiz uslubi takomillashmaganligi, jixozlarni sezgirligi pastligi va boshqa 
sabablarga ko’ra vujudga keladi.
Tasodifiy xatolikni bartaraf etish uchun natijalarni matematik statistika 
uslublaridan foydalaniladi. 
Sistematik xatolik – ma’lum bir qonuniyatli xatolik bo’lib, ma’lum bir 
sabablar tufayli ro’y beradi. Masalan aniq gradiurovka qilinmagan priborni 
ishlatish tufayli yoki titri xato bo’lgan eritmalarni ishlatish tufayli olinadigan 
natijalar. Buning natijasida xar doim bir xil sistematik xatoga yo’l qo’yiladi. 
Sistematik xatolik xar xil xaroratda, ko’rsatkich aniqlanayotganda xam 
kuzatiladi. Masalan eritmaning zichligi xaroratga bog’liq. Tasodifiy xatolikka 
nisbatan, sistematik xam uchraydi va ularni sababini bartaraf etish mumkin. 
Agarda uni ilojisi bo’lmasa analiz natijalarini xisobiga o’zgartirish kiritiladi.
Yanglishishlik - bu qo’pol xato xisoblanadi va ishni noto’g’ri bajarilishi 
tufayli sodir bo’ladi. Bu xam mutloq xatolikka va nisbiy xatolikka bo’linadi. 
Mutloq xatolik – xaqiqis ko’rsatkichdan farqli o’laroq natija olinganda 
aniqlanadi.
Nisbiy xatolik – xaqiqiy xatolik va muloq xatolikni bir biriga solishtirish 
natijasida aniqlanadi va protsenti xisoblanadi.
Analizni aniqligi – bu olingan natijalarni xaqiqiy natijaga yaqinlik darajasi 
tushuniladi. Bu analizni aniqligini ko’rsatadi.
Analizni to’g’riligi sistematik xatolikni ko’rsatkichini aniqlash bilan topiladi. 
Analizni to’g’riligi model eritma orqali standart namunalarni analiz qilish usuli 
bilan aniqlanadi.
Ba’zi xollarda xatolikni bartaraf etish uchun “xolostoy” analiz o’tkaziladi, 
Ya’ni aniq
lanayotgan moddasiz analiz qilinadi. 


187 

Download 1,5 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish