• O’lchash xatoliklarining tabaqalanishi
  • Nisbiy xatolik
  • Statik xatoliklar
  • 1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    O’lchash xatoliklari 
    O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon 
    bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
    • o’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini 
    siljishidan kelib chiquvchi sabablar; 
    • o’lchash ob’ektini o’lchash joyiga (pozisiyasiga) o’rnatishdan kelib chiquvchi 
    sabablar; 
    • o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, 
    o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar; 
    • o’lchash vositasi va ob’ektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki 
    bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar 
    va x-olar)dan kelib chiquvchi sabablar; 
    • o’lchash ob’ektining hususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; 
    • operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar. 
    O’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo 
    o’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo’ladi. 
    O’lchash xatoliklarining tabaqalanishi 
    O’lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko’ra quyida keltirilgan turlarga 
    bo’linadi: 
    I. O’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 
    Absolyut (mutloq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda 
    ifodalanayotgan bo’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 mkm va x-
    olar. Mutloq xatolikni quyidagicha aniqlanadi: 
    ∆ = A - x
    ch
    ≅ A - x
    h

    bunda, A - o’lchash natijasi; 
    x
    ch
    - kattalikning chinakam qiymati; 
    x
    h
    - kattalikning haqiqiy qiymati. 
    Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (- popravka) deb 
    ataladi. 


    188 
    -
    ∆= k
    t
    ; X
    x
    = A + K

    Odatda, o’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi. 
    Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini 
    protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi. 
    β
    k
    =(
    ∆/a
    k max
    )100% ; 
    bu faqat o’lchash asboblari uchun qo’llaniladi. 
    2. Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va 
    foiz (%)da ifodalanadi: 
    δ = [(A - x

    )/x
    h
    ] 100 = (
    ∆ /x
    h
    ) 100 . 
    II. O’lchash sharoiti tartiblariga ko’ra quyidagi xamomilarga bo’linadi: 
    1. Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga bog’liq 
    bo’lmagan xatoliklar. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan 
    o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi. Agar o’lchash vositasining 
    pasportida statik sharoitlardagi o’lchashning chegaraviy xatoliklari ko’rsatilgan 
    bo’lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga 
    nisbatan tadbiq etila olmaydi. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish