183
olingandan so’ng butilkani og’zini pastga qaratib 2 daqiqa ushlab turiladi va
kolbadagi suyuqlikning metkaning pastki satxi bo’yicha suyuqlik xajmi
belgilanadi.
Agar Sharob yoki kon’yak satxi kolbaning yuqorigi belgisidan baland bo’lsa,
u xolda ortiqcha suyuqlik pipetka yordamida olinadi va pipetkadagi suyuqlik xajmi
belgilanadi.
Agar kon’yak yoki Sharob satxi kolbaning pastki belgisidan past bo’lsa, u
xolda pipetka yordamida pastki belgisigacha kerakli suyuqlik quyiladi, va Sharob
yoki kon’yakni pipetkadan quyilgan xajmi o’lchanadi.
Kon’yak yoki Sharobning xajmini o’lchanishi bilanoq darrov uning xarorati
o’lchanadi.
Ilova: Gradiurlangan gorlovinali kolba o’rniga mos sig’imli o’lchov kolbasi
qo’llanilsa xam bo’ladi. O’lchov kolbasini Sharob yoki kon’yak bilan chayish;
butilkadan quyish; ortiqchasini tortib olish yoki qo’shimcha sinaluvchi
suyuqlikdan pipetka yordamida quyish gradiurlangan gorlovinali kolba uchun
ko’rsatilgandek bo’ladi.
Sharob yoki kon’yak badiiy bezalgan idish va suvenir butilkalarga
quyilganda, ularning sig’imlari gradiurlangan gorlovinali kolbaga sig’imi mos
kelmaydi, quyilishning to’liqligi o’lchov silindrlari, yordamida aniqlanadi.
Natijalarni qayta ishlash:
Agar Sharob yoki kon’yak xajmi kolba belgisidan past yoki yuqori bo’lsa, u
xolda quyilish to’liqligini (V) m.m. quyidagi formula bilan topiladi.