Bog'liq BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр
Nazorat savollari: 1. Quvvatlangan sharoblarga ta’rif bering?
2. Quvvatlangan sharoblar uchun qanday uzum navlari ishlatiladi?
3. Sharbatni spirtlash va bijg‘itishni qanday nazorat qilinadi?
4 Qanday quvvatlangan sharoblarni bilasiz?
5. Quvvatlangan sharoblar kondisiyasini ayting?
6. Quvvatlangan sharoblar birlamchi sharobchiligini nazorat qilish tizimi
qanday?
165
15. Jilvali sharoblar ishlab chiqarishdagi nazorat O‘ynoqi sharoblar rangi (oq, pushti, qizil), tarkibidagi qand miqdori (shirin,
nimshirin), saqlanish muddatining vaqti (saqlanmagan, saqlangan vaqti) uglerod
dioksid gaz bosimi bilan ajralib turadi. Faqat tabiiy uzum qandidan tayyorlansa
ular «tabiiy» deb ataladi.
Tabiiy Sharoblar shakarni o‘zini spirtli bijg‘itish yo‘li bilan olinadi. Shakarni
to‘liq bijgitish yo‘li bilan nordon Sharoblar ishlab chiqariladi.
Sof va oq nordon Sharoblar. Bu sharoblarning rangi ko‘proq och rangda oq va
och sariq rangda, hidsiz, nozik ta’mli bo‘ladi. MDX da chiqarilayotgan oq
Sharoblardan «Risling», «Aligote», «Pino» Sharoblari eng yaxshi Sharoblar
xisoblanadi.
Qizil nordon Sharoblar. Bu Sharoblar yoqut yoki anor rangiga ega bo‘lib yosh
Sharoblar binafsha, saqlash muddatiga qarab to‘q ranglarga kiradi.
Gazlangan Sharoblar - Sharoblarni gaz holatidagi SO
2
bilan yuqori bosimda
to‘yintirish.
Gazlangan Sharoblar oq, pushti va qizil, 9-12% spirtli va tarkibida 5-7g/dm
3
kislotalilik mavjud bo‘lgan Sharobmateriallardan tayyorlanadi.
Bu Sharoblar kuchsiz va eritilgan uglerod dioksidining ajralishi, yoqimli maza,
ozgina shirin xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar nordon Sharoblar tarkibiga
shakar mavjud bo‘lgan komponentlar qo‘shish va saturatsiya o‘tkazish – sun’iy
yo‘l bilan Sharobni uglerod dioksidi bilan to‘yintirish bilan beriladi.
Gazlangan Sharob tayyorlash texnologiyasi 3 asosiy bosqichdan iborat: kupajni
tayyorlash va ishlov berish, Sharobni saturatsiyalash va quyish. Kupaj
tayyorlashda Sharobmateriallar va qandli komponentlar aralashmasi ishlatiladi.
Tayyorlangan Sharobmateriallarni shakarli qiyom bilan aralashtirilgandan keyin
bijg‘imasligi uchun kupaj -2…-3
0
S gacha sovutiladi. Kerak bo‘lsa, kupaj 55-65
0
S gacha isitiladi va filtrlanadi. Sharoblar ulardagi uglerod dioksidini eritish uchun
166
saturatsiyalanadi. Bu jarayon -2-4
0
S harorat va 0,30-0,35 MPa bosimda quyish
texnologiyasida olib boriladi.