• Sharoblarni ishlab chiqarishdagi nazorat
  • 1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    12. 
    Sharobchilikni birlamchi korxonalarida oq xo’raki nordon 
    Sharoblarni ishlab chiqarishdagi nazorat
     
    Oq xo‘raki sharoblar texnologiyasining xususiyatlari. Sifatli oq xo‘raki 
    Sharoblar boshqa tur sharoblardan o‘zining engilligi, mazasi hamda hidining 
    yumshoq va nozikligi bilan ajralib turadi. Ularni ishlab chiqarish uchun uzumni 
    fiziologik etilgan, qand miqdori nisbatan yuqori bo‘lmagan (17—20 foiz) va 
    titrlangan kislotaliligi yuqori bo‘lgan davrda terib olinadi. O‘ta pishib ketgan xom 


    133 
    ashyodan tayyorlangan Sharob yuqori sifatli, haddan tashqari ekstraktiv, bo‘sh 
    bo‘ladi. 
    Yuqori sifatli oq xo‘raki sharoblar tabiati yumshoq bo‘lgan Sharobchilik 
    mintaqalarida ishlab chiqariladi. Mazkur tur Sharob ishlab chiqarishda 
    qo‘llaniladigan uzum navlari nihoyatda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan har qanday 
    nav ham yuqori sifatli Sharob tayyorlash uchun yarayvermaydi. Alohida noziklikka 
    ega bo‘lgan Sharoblar «Risling», «Aligote», «Bihishti», «Soyaki», «Nimrang», 
    «Seminon», «Rkasiteli», «Pino» kabi navlardan ishlab chiqariladi. Saqlash 
    jarayonida ularning sifatlari deyarli o‘zgarmaydi. 
    Respublikamizning Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyatining Parkent, CHinoz, 
    Yangiyo‘l tumanlari, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 
    tog‘li tumanlarida yuqori sifatli xo‘raki sharobbop uzum navlari o‘stiriladi. Sifatli 
    xo‘raki Sharoblar ishlab chiqarish uchun uzum navlarini tanlash, terish va uni 
    saralash jarayonlarini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Uzumning etilishi, 
    terish kunini aniqlash va zavodda qabul qilishni nazorat qilish yuqorida 
    tavsiflaganimizdek bajariladi. 
    Oq xo‘raki Sharoblar ishlab chiqarishda uzum boshini presslash jarayonidan 
    amalda foydalanilmasada, ayrim vaqtlarda qizil nav uzumlardan oq Sharob olishda 
    bu usul qo‘llaniladi, Sharbatni ajratish uchun uzumni ezganda tagasning (uzum 
    turpi) qattiq qismlaridagi oshlovchi moddalar bilan Sharbatning boyishiga aslo 
    yo‘l qo‘ymaslik lozim. Sharbatni ajratish uchun u yoki bu pressdan foydalanish 
    tayyor mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq. Quyidagi tizim nihoyatda nozik 
    va yuqori sifatli markali Sharoblar ishlab chiqarishga mos keladigan Sharbat beradi: 
    Lekin ko‘pchilik xo‘jaliklarda o‘rnatilgan presslar uzlukli va unumdorligi past 
    bo‘lgani uchun bu liniyani qo‘llashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘iladi. SHuning 
    uchun katta miqdordagi uzumdan markali xo‘raki Sharoblar tayyorlash uchun qayta 
    ishlash liniyasiga stekatel uskunalarni kiritiladi. Bu uskunalar pressdan oldin 
    o‘rnatilgani uchun uning unumdorligini ma’lum darajada oshiradi. 


    134 
    Xo‘raki Sharoblar oksidlanmagan Sharoblar guruhiga kiradi, shuning uchun 
    mezgadan o‘zioqar Sharbat ajratib olish jarayonida iloji boricha uning havo bilan 
    ta’sirlashuvini kamaytirishga erishish lozim. SHu maqsadda mexanizasiyalashgan 
    xo‘jaliklarda gidravlik presslar o‘rniga uzluksiz ishlaydigan unumdorligi yuqori 
    bo‘lgan shnekli presslardan foydalanilmoqda. Bunda ishlab chiqarish texnologiyasi 
    quyidagi tizimda bajariladi: markazdan qochma maydalagich-tagas ajratkich — 
    tezkor o‘zioqar Sharbat ajratish uskunasi — uzluksiz ishlovchi press. Mazkur jihozlar 
    1970 yillarda faqat oddiy xo‘raki Sharoblar ishlab chiqarishda qo‘llanilar edi. 
    Keyinchalik ularning konstruksiyalari takomillashtirildi. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish