1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

Laboratoriya usuli. Tekshiriladigan daladan keltirilgan namuna daladagi hosilning 
o‘rtacha namunasi bo‘lganidagina laboratoriya sharoitida aniqlangan qand miqdori va 
titrlanadigan kislotalar ulushi haqiqiy holatni bildiradi. SHuning uchun daladan 
uzumning o‘rtacha namunasini olish masalasiga alohida e’tibor berish lozim. 
Daladagi uzumning o‘rtacha namunasini olish. Tokning balandligi va eniga, quyosh 
nurining tushishiga qarab bir necha qatordagi toklardan bir-ikki boshdan uzumni 
uzib olinadi. Agar uzum ustun (shpater) siz o‘stirilgan bo‘lsa, namuna dalaning 
diagonali bo‘ylab olinadi (konvert usuli). Daladagi uzum holatini aniq ko‘rsatishi 
uchun etilganlik darajasi turlicha bo‘lgan namunaning umumiy massasi 3—5 kg. ni 
tashkil qilishi lozim. 
Namuna olish katta tajriba talab qilgani sababfi, bu ishni maxsus yo‘riqnoma 
olgan tajribali bog‘bonga topshirish lozim. O‘rtacha namuna olish ustidan nazoratni 
laboratoriya xodimi olib boradi. 
Uzum namunasini analizga tayyorlash. Keltirilgan namunadagi uzumdan etilish 
darajasiga qarab, 1—2 kg ajratib olib laboratoriya pressida siqiladi. Press 
bo‘lmagan hollarda uzumni matodan tikilgan xaltachaga solib, qo‘l bilan siqib 
Sharbatini olsa bo‘ladi. Har 1 kg uzumdan 550—600 ml Sharbat siqib olish kerak. 
Analiz qilishdan oldin Sharbatni buklangan filtr qog‘oz yordamida filtrlagach, 
uning birinchi fraksiyasini tiniq Sharbat o‘tguncha qayta filtrlanadi. SHu usul bilan 
keltirilgan namunalardan olingan Sharbatlar qo‘shib aralashtirilib, bir qismi analiz 
uchun olinadi. Sharbatdagi engil xiralik analizga xalaqit bermaydi. 
Sharbatda alkogolli bijg‘ish boshlanishi mumkinligini nazarda tutgan holda 
analizni tezkorlikbilan bajarish lozim. Sharbatni ma’lum muddat davomida saqlash 


129 
zaruriyati tug‘ilganda unga antibiotik (formalin, gorchitsa moyi va sh. k.) solish 
kerak. 
Uzumning qanddorligini aniqlashning Sharbat zichligini aerometr bilan o‘lchash 
usuli keng tarqalgan. Refraktometr bilan nurni sindirish darajasini o‘lchash 
yordamida qand miqdorini aniqlash usulini ham tavsiya qilish mumkin. Bu usul 
etarli darajada aniq natijalar beradi. 
Uzum etilganligini nazorat qilganda qand miqdorini kimyoviy usulda aniqlash 
maqsadga muvofiq emas. Vaqt hamda reaktivlarning sarfi kimyoviy usulni 
qo‘llashda o‘zini oqlamaydi, chunki namuna qay darajada aniq olingan bo‘lmasin, 
u daladagi uzumning haqqoniy qanddorligini ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun 
qanddorlikni yuqorida qayd qilingan oddiy usullar asosida aniqlash qoniqarli 
hisoblanadi. 
Uzumdagi qand miqdorini uning Sharbatidagi miqdoriga teng deb (g/100 ml 
kattalikda) ko‘rsatish qabul qilinib, qanddorlik foizning o‘ndan bir ulushigacha 
ko‘rsatiladi. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish