• Uzumning pishishini kuzatish.
  • Dala usuli.
  • 1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    Bir navdagi dalalarni ajratish. Uzum etilishini nazorat qilishni to‘g‘ri tashkil 
    qilish uchun mazkur xo‘jalik erlarining tuproq sharoiti va relefiga qarab dalalarga 
    ajratish lozim. Uzumzorda turli nav uzumlar o‘stirilayotgan bo‘lsa, uzum etilishi 
    bar bir nav uzumdan namuna olib alohida-alohida nazorat qilinadi. 
    Xo‘jalikda ajratilgan dalalar soni uzumzor maydoniga, uzum navlari miqdoriga, 
    tuproq sharoiti va dala relefi tavsifiga qarab ko‘p yoki kam miqdorda bo‘lishi 
    mumkin. Lekin dalalar sonini haddan tashqari ko‘paytirmaslik lozim. Bunday 
    hollarda ko‘p namunalar olishga to‘g‘ri keladi, uzum etilishini nazorat qilish 
    qiyinlashib, aniq natijalarga erishish og‘irlashadi. Har bir xo‘jalikda uzum 
    etilishini nazorat qilish uchun uzumzorlarni dalalarga ajratish masalasini xo‘jalik bosh 
    agronomi, Sharobchilik bo‘yicha bosh mutaxassis va laboratoriya mudiri tomonidan 
    hal qilinadi. Dalalarning kattaligi va optimal soni o‘tgan yillar tajribasiga tayanib, 
    quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilanadi: 
    1. Ajratilgan dala kattaligi hosilni yarim kunda, ko‘pi bilan esa 2 kunda 
    yig‘ib olishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 


    127 
    2. Turlicha navdagi uzumi bo‘lgan nazoratdagi dalalar soni 40 dan oshmasligi, 
    shu bilan birga uzum navlari kam nazoratdagi dalalar soni 10 tadan kam 
    bo‘lmasligi lozim. 
    Har bir xo‘jalikda uzoq yillarga mo‘ljallangan uzum dalalarining xaritasi ishlab 
    chiqiladi. Yildan-yilga mazkur xaritalarga har tomonlama o‘tkazilgan kuzatishlar 
    asosida tuzatishlar yoki o‘zgartirishlar kiritiladi. 
    Uzumning pishishini kuzatish. Uzumning pishishini kuzatish ish-lari uning 
    etilishiga 2—3 hafta qolganda olib boriladi. Avvaliga har 2— 3 kunda, etila 
    boshlaganda har kuni nazorat qilinadi. 
    Nazoratni dala yoki laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Dala usulida 
    uzumzorda refraktometrdan foydalanib, taxminiy natijalar olinadi va analiz natijalari 
    maxsus daftarda qayd qilinadi Hosilni terish kunini aniqlashda, albatta, laboratoriya 
    usulidan foydalanish lozim. Buning uchun daladagi uzumdan namuna olib 
    laboratoriyaga keltiriladi, bu erda uzumdagi qand-miqdori va titrlana-digan kislotaliligi 
    aniqlanadi. 
    Dala usuli. Dala sharoitida uzumdagi qand miqdorini aniqlash uchun bir navli 
    uzumzorning bir necha qatoridan soyalik darajasiga qarab har xil balandlikdagi 
    uzumdan 2—3 dona olinadi. Uzum donasidagi qand miqdorini aniqlash uchun uni 
    refraktometr prizmasi sirtida siqib bir necha tomchi Sharbat tomiziladi. 
    Refraktometr ko‘rsatgan kattalikka harorat tuzatishini kiritib, uzum donasi 
    Sharbatidagi qand miqdorini foiz kattaligida hisoblanadi. Daladagi uzumning 
    qanddorligini aniqlash uchun ayrim uzum toklaridan olingan namunalar qanddorligini 
    foizda hisoblanib, o‘rtachasi olinadi. 
    Nazorat qilinadigan daladan namuna uchun uzum donalari etilish darajasiga 
    bog‘liq holda turlicha miqdorda olinadi. Ayrim donalardagi qand miqdori bir-biridan 
    kam farq qilsa oz miqdordagi namunalar bilan chegaralanish, uzumning etilganlik 
    darajasi qay darajada aniq topilsa, olinadigan namunalar sonini ham aniq bilib olish 
    mumkin. 


    128 
    Keltirilgan shartlarga asosan, tekshirilayotgan daladagi uzumning etilish 
    darajasini aniqlash ushun 20—40 dona namuna olsa kifoya bo‘ladi. Bir tekis 
    pishmagan daladan olinadigan namunalar sonini ko‘paytirish mumkin. 
    Uzumning etilganligini dala usulida tekshirish oddiy, etarli darajada aniqlikka 
    ega bo‘lgani uchun uni kimyoviy nazorat laborato-riyalarining amaliy faoliyatida 
    qo‘llashga tavsiya etish mumkin. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish