121
mehnat talab qilmasada sifatli Sharoblar ishlab chiqarishda qo’l kelmaydigan
kamchiliklari ham mavjud. Masalan, mezga presslash jarayonida o’ta ezilib Sharbat
oshlovchi moddalarga boyiydi va po’stloq qismlari maydalangan urug’ bilan ifloslanadi.
Bunday Sharbatning tinishi qiyin va Sharobni qayta quyganda chiqindilar miqdori
oshib ketadi. Birlamchi Sharobchilikda press turi va konstruksiyasini
tanlab olish
nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Uzumni savatli presslarda butun boshog’i bilan
presslaganda (Shampan yarim tayyor Sharob mahsulotlari ishlab chiqarishda) qabul
qilish idishiga ezish boshlanishidan oldin ko’p miqdorda o’zioqar Sharbat
to’planishi bu uzum donalarining oldindan ezilganidan
dalolat beradi va oqibatda
Sharbatning oshlovchi moddalar, qizil uzumlarni qayta ishlaganda esa rang beruvchi
moddalar bilan boyishiga olib keladi.
Mezgani presslash jarayonida savatning butun yuzasi bo’yicha press bir xil
yuklanganligiga, mezga bir xil taqsimlanishigee’tibor berish lozim. Mezgani pressga
ag’darish vaqti frassiyali Sharbat olish miqdoriga bog’liq bo’lishi kerak.
Presslashni
uzluksiz amalga oshirilmasa, Sharbat oshlovchi moddalar bilan boyib
ta’mi dag’al bo’ladi. Issiq sharoitda mezganing pressda bijg’ish ehtimoli bor: bunga
mutlaqo yo’l qo’ymaslik kerak. Bundan tashqari, mezganing havo bilan uzoq
muddat ta’sirlashuvi natijasida Sharbat
oksidlanib, rangi va mazasi o’zgarishi
mumkin.
Shampan yarim tayyor Sharob mahsulotlari, markali xo’raki Sharoblar va boshqa
nozik Sharoblar ishlab chiqarishda o’zioqar Sharbatga boshqa fraksiya Sharbatlarining
qo’shilishiga, yo’riqnomada ko’rsatilganidek ortiqcha miqdorda birinchi
fraksiya
Sharbatini olishga yo’l qo’ymaslik lozim. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan barcha
fraksiya Sharbatlarining tarkibi hamda ularning texnologiya talablariga javob berishini
nazorat qilib turish kerak.
Uzluksiz ishlaydigan shnekli presslar bilan
ishlaganda, pressdan chiqadigan
tulfning namligi hamda Sharbatning turli fraksiyalari nazorat qilinadi. Tulfning haddan
tashqari namligi unda Sharbatning bir qismi qolganligidan darak beradi.
122
Presslash jarayonida vaqti-vaqti bilan Sharbatning harorati va mikroflorasini
nazorat qilish Sharbatni tindirish uchun sul’fat angidridi gazi miqdorini
aniqlash
imkonini beradi.