116
Texnologik sig’imlarni yuvish va ishlatishga tayyorlash bo’yicha yo’riqnomada
ko’rsatilgan barcha talablarning bajarilishi hech qanday chekinishlarsiz qattiq
nazorat qilinishi kerak.
3.
Uzumni qayta ishlashni nazorat qilish.
Tasdiqlangan yo’riqnomalarga ko’ra, qayta ishlashga kasallanmagan, ezilmagan,
tezkorlik bilan yig’ib olingan uzumlarni yuborish mumkin. Quruq uzum boshlari,
kasallangan yoki hosil zararkunandalari tomonidan zararlanganlari, albatta,
saralanishi lozim. Uzumni terilgan zahotiyoq, zavodga olib kelinadi: terilgandan
so’ng qayta ishlashga yuborishgacha 4 soatdan ortiq vaqt ketmasligini texnologiya
talab qiladi. Tashish sharoitlari mahsulotning ezilishiga yo’l qo’ymasligi lozim.
Yarim tayyor Shampan Sharobi mahsulotlari, navli va markali vinolar ishlab
chiqarish uchun qayta ishlanadigan mahsulotga alohida talab qo’yilib, unga qat’iy
rioya qilish kerak. Uzumni qabul qilish jarayonida texnologik yo’riqnomalar
talabidan chetga chiqish hamda qayta ishlashda uzumning qanddorligini va
titrlanadigan kislotalilik miqdori me’yorga mos kelmasligi shubhasiz past sifatli
yarim tayyor Sharob mahsulotlari ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladi.
Sharbat olish jarayoni, ayrim tur yarim tayyor Sharob mahsulotlari (masalan,
Shampan yarim tayyor Sharob mahsuloti va markali xo’raki Sharoblar)ni
tayyorlashda shnekli presslarni ishlatish mumkin emasligini, oddiy va ko’pincha
spirtli yarim tayyor Sharob mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatilishini nazarda
tutish lozim. CHunki bu presslarda o’zioqar (samotek) uskunadan chiqqan ho’l turpHi
presslab dag’al va sifati past bo’lgan Sharbat olinadi.