120
Uzumni ezganda jihozdagi korroziyaga qarshi qoplamani qayta tiklash vaqtini
aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan Sharbatdagi og’ir metallar miqdorini aniqlab
turish kerak.
Ko’p tur sharoblarni ishlab chiqarishda Sharbatni ezilgan uzum donalari -
mezgadan tezda ajratib olinadi. Sharbatning uzum qattiq qismlari bilan ta’sir vaqtini
kamaytirish maqsadida uni ezgandan so’ng mezgani tezda o’zioqar uskuna (savatli,
mexanik va boshqalar)ga yuboriladi. Mexanik o’zioqar uskunalarning unumdorligi
yuqori bo’lsada, ularda uzum po’stlog’ining va urug’ining qisman ezilishi hamda
Sharbatning aerasiyalanishi sodir bo’ladi. Lekin ayrim tur Sharoblarni ishlab chiqarishda,
chunonchi, Shampan yarim tayyor mahsulotlari, xo’raki Sharoblar tayyorlaganda,
bunday qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Savatli o’zioqar
uskunalardan foydalanganda, ularni bir marotaba to’ldirish kerak. Bunda o’zioqar
Sharbatning nisbiy ulushi ko’payadi.
O’zioqar uskunalardan Sharbatni ajratib olish ishlarini laboratoriya qattiq nazorat
qilishi lozim. U yoki bu tur Sharobni tayyorlaganda texnologik sxemalar o’zioqar
Sharbatning ma’lum qisminigina ajratib olishni ko’zda tutadi. Sharbat haddan tashqari
aerasiyalanmasligi uchun oqish vaqtining davomiyligi nazorat qilinmog’i lozim.