124
tayyorlansada, ularning nisbiy ulushi nihoyatda kam bo‘lib, alkogolli kokteyllar
tayyorlashda qo‘llaniladi.
Sharobchilikda, asosan, uzumning texnik navlari qayta ishlanadi. Ammo,
mamlakatimizda yuqori sifatli xo‘raki uzum navlari ham ko‘p
miqdorda
etishtiriladi. Bu uzumlardan texnologiya talablariga rioya qilgan holda yuqori sifatli
Sharob mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin. Chunonchi, oq va qora «Kishmish»
(«Shivirg‘oni») navidan oliy sifatli desert Sharoblari tayyorlash yoki «Bihishti»
xo‘raki uzumidan sifatli oq xo‘raki Sharob hatto yarim tayyor Shampan Sharobi
ishlab chiqarish mumkin.O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida turli navlardan
Sharob tayyorlanadi. Issiq ob-havo sharoitida uzumda qand miqdori ko‘p
to‘planib, undan yuqori sifatli Sharob tayyorlash mumkin emas, deb hisoblansada,
tog‘li tumanlarda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish
uchun barcha texnologik
talablarga javob beradigan xom ashyo etishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Chunonchi, «Risling» (20%) hamda «Bayan-Shirey» (80%) uzumlaridan
tayyorlanadigan markali oq xo‘raki «Hosilot» Sharobi bir necha marotaba xalqaro
ko‘riklarning sovrindori bo‘lgan. O‘zbekistonda dunyoda dong‘i chiqqan xo‘raki
Sharoblar «Soyaki», «Bihishti», «Kaberne» navli uzumlardan tayyorlanadi.
Texnik
nav
uzumlardan
«Buvaki», «Aleatiko», «Likyorli
Kaberne», oliy sifatli kagor turiga mansub «O‘zbekiston»
markali va
«Tokay», «Kagor», «Muskat» oddiy desert Sharoblar ishlab chiqarilmoqda.
Ular
o‘ziga xos
hidi,
to‘liq
mazasi,
qahrabo,
billur
va
yoqut
kabi
rangi,
jilvadorligi,
tiniqligi,
yarqiroqligi
bilan
kishi
diqqatini
o‘ziga jalb qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, boshqa sohalar qatorida Sharobchilikka
ham e’tibor kuchaytirildi. Uzumzorlar qayta tiklandi. Tarmoqning avvalgi
shuhratini tiklash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Ikkilamchi Sharobchilikka mansub bo‘lgan Shampan
Sharobi ishlab chiqarish
O‘zbekistonda XX asrning 60-yillarida keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunga kelib,
Shampan S har obi ishlab chiqaradigan korxonalarda o‘z ta’mi, hidi va tashqi
125
ko‘rinishi bilan dunyoga dong‘i ketgan tur Sharoblaridan
qolishmaydigan
«O‘zbekiston
Shampani»
yoki
«Muskatli
Shampan»
kabi
ichimliklar
tayyorlanmoqda.
Sharobchilikning yana bir yo‘nalishi konyak ishlab chiqarishdir. Bu borada ham
O‘zbekistonda
katta
tajriba
to‘plangan.
Bizda
ishlab
chiqariladigan
«Samarqand» yoki «Xalqobod» konyaklari o‘z ta’m ko‘rsatkichlari bilan
Fransiyaning mashhur ichimliklaridan qolishmaydi.
Sharobchilikda xom
ashyoning etilishidan boshlab, to tayyor mahsulotni
idishlarga quyib, iste’molchiga etkazib berishgacha uning fizik-kimyoviy, texnologik
va organoleptik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Uzumning
etilishini nazorat qilishdan yarim tayyor mahsulot tayyorlashgacha bo‘lgan
texnologik jarayonlar bosqichma-bosqich keltirilgan.