126
so‘lishni tezlashtirsada, lekin qurg‘oqchilik bu jarayonga ta’sir etmaydi. Har
qanday uzum ham novdada so‘limaydi, ayrim nav uzumlarning mevasi qurib erga
tushadi.
U yoki bu t u r Sharob tayyorlash uchun uzumning
optimal konditsiyalari
texnologik ko‘rsatmalar yordamida aniqlanadi. Masalan, Shampan yarim tayyor
Sharobini tayyorlash uchun uzumning qandi 17—20 foizni va titrlanadigan
kislotaliligi 8— 11 g/dm
3
. ni tashkil etishi talab qilinsa, shirin ta’mli Sharoblar ishlab
chiqarishda uzumdagi qand miqdori 26 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
Qayta ishlash uchun qabul qilingan uzum tekis etilgan bo‘lishi lozim.
Kerakli
konditsiyadagi Sharob tayyorlash uchun etilgan va etilmagan uzumlarni qo‘shib
qayta ishlash mumkin emas. Qayta ishlanadigan uzumning etilish darajasiga
qo‘yilgan yuqori talablar uni etilish davridan nazorat qilishni talab qiladi. Faqat
shundagina ma’lum tur Sharobni tayyorlash uchun uzum yig‘ish
davrini aniqlash
mumkin.