114
Hosilni yig’ish kunini aniqlash. Ma’lum daladagi uzumning etilganiigini nazorat
qilishdan olingan natijalarga va laboratoriyaning xulosasiga asoslanib, Sharobchilik
bo’yicha bosh mutaxassis hosilni yig’ishga kirishish kunini aniqlaydi. Ayrim yillarda
uzum notekis etilishi mumkin. Bunday sharoitda uzumni saralab yig’ishga kirishish
mumkin bo’lsada, hosilni yig’ish refraktometr yordamida katta miqdordagi
uzumning qanddorligini o’lchash yo’li bilan asoslangan bo’lmog’i lozim. Saralab
yig’ilgan uzumdan desert yoki likyorli Sharob ishlab
chiqarishda foydalanishni
tavsiya qilish mumkin. Likyorli Sharob ishlab chiqarish uchun uzum me’yorida
so’ldirilgan bo’lishi kerak.
Hosilni yig’ib olish mavsumi boshlanishidan oldin 1-2 tonna uzumni yig’ib,
namuna Sharob tayyorlash kondisiyaga javob beruvchi xom ashyo yig’ishga kafolat
beradi. Mazkur uzum Sharbatidagi qanddorlik va titrlanadigan kislota miqdori yig’ish
kunini aniq beigilashga yordam beradi.
BINO, JIHOZ VA TEXNOLOGIK SIG’IMLAR HOLATINI NAZORAT
QILISH.
Sharob tayyorlash mavsumining boshlanishidan
ancha ilgari binolar, jihozlar,
yordamchi asbob-uskunalar va texnologik sig’im (but, bochka, sisterna, chan, bak,
temir-beton sig’im)larni ishga tayyorlashga kirishiladi. Hosilni yig’ishdan oldin
nomlari keltirilgan ob’ektlarning tayyorgarligini yana bir
karra tekshirib chiqib,
so’ng doimiy ravishda (eng asosiysi mikrobiologik) tekshiruv o’tkazib turiladi.
Tekshiruv natijalari yozib boriladi.
Binolar holati. Birlamchi Sharobchilik zavodlaridagi
binolar sanitar-gigienik
holatining talabga javob berishi sifatli Sharob ishlab chiqarishda katta rol o’ynaydi.
Zavodning uzumni qayta ishlash, Sharbatni tindirish va bijg’itish
amalga
oshiriladigan barcha binolari Sharob tayyorlash mavsumidan avval tozalanib, havo
mikroflorasini aniqlash yo’li bilan mikrobiologik holati tekshirilgan bo’lishi lozim.
Binolardan foydalanish davomida ularning holati doimiy ravishda nazorat
qilinib
turiladi, erining, oqava suv quvurlarining holatiga alohida e’tibor beriladi. Idishlar
115
joylashgan tayanch, tirgak, zinapoya, maydoncha, burchak, devorlarda mog’or
hosil bo’lishiga aslo yo’l qo’yilmaydi. Bundan tashqari, karbonat
angidrid
gazining to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bijg’ish jarayoni
boradigan binolarning etarlicha shamollatilishiga alohida e’tibor beriladi.
Binolarning sanitar-gigienik holati buzilganida, nazorat bo’limi xodimi
tezda
Sharobchilik bo’yicha bosh mutaxassis va direktorni xabardor qilishi kerak.