108
ilk davrida qand moddasi miqdori qanday tez ortsa titrlanadigan kislotalar miqdori
ham shunday tez kamayadi, so’ngra esa bu jarayon sekinlashadi.
To’la etilganda uzumning tarkibi ma’lum davrgacha doimiy bo’lib qoladi, qand
to’planishi to’xtaydi. Shundan so’ng donaning so’lishi boshlanadi (o’ta etilish
bosqichi). Bu jarayon tabiiy sharoitda nisbatan sekin boradi. Turg’un issiq havo
so’lishni tezlashtirsada, lekin qurg’oqchilik bu jarayonga ta’sir etmaydi. Har
qanday uzum ham novdada so’limaydi, ayrim nav uzumlarning mevasi qurib erga
tushadi.
U yoki bu t u r Sharob tayyorlash uchun uzumning optimal kondisiyalari
texnologik ko’rsatmalar yordamida aniqlanadi. Masalan, Shampan yarim tayyor
Sharobini tayyorlash uchun uzumning qandi 17-20 foizni va titrlanadigan kislotaliligi
8- 11 g/dm
3
. ni tashkil etishi talab qilinsa, shirin ta’mli Sharoblar ishlab chiqarishda
uzumdagi qand miqdori 26 foizdan kam bo’lmasligi lozim.
Qayta ishlash uchun qabul qilingan uzum tekis etilgan bo’lishi lozim. Kerakli
kondisiyadagi Sharob tayyorlash uchun etilgan va etilmagan uzumlarni qo’shib
qayta ishlash mumkin emas. Qayta ishlanadigan uzumning etilish darajasiga
qo’yilgan yuqori talablar uni etilish davridan nazorat qilishni talab qiladi. Faqat
shundagina ma’lum tur Sharobni tayyorlash uchun uzum yig’ish davrini aniqlash
mumkin.