• Hidini tekshirish
  • Ta’mini tekshirish.
  • Namligini tekshirish.
  • Xom-ashyo sifatini nazorat qilish




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    1.Xom-ashyo sifatini nazorat qilish. 


    102 
    Spirt ishlab chiqarish uchun don, shu jumladan, oziq-ovqat va em sifatida 
    ishlatishga yaroqsiz bo’lgan donlarni ham ishlatish mumkin. Spirt ishlab 
    chiqarish uchun bug’doy, arpa, javdar, makkajo’xori, tariq, suli kabi boshoqli 
    ekinlar ishlatilishi mumkin. O’zbekistonda spirt ishlab chiqarish uchun asosan 
    bug’doy doni ishlatiladi. Solod ishlab chiqarish uchun esa yuqori sifatli 
    kondisiyali arpa, tariq va suli donlari ishlatiladi. 
    Don sifatini birlamchi baholash uchun organoleptik usullardan foydalaniladi. 
    Hidini tekshirish. Kaftga bir siqim don olinadi va nafas bilan isitiladi. Isitish 
    maqsadida quyidagi usuldan ham foydalanish mumkin: toza shisha idishga oz 
    miqdordagi don va uning ustiga harorati 60
    o
    S bo’lgan suv quyiladi. 2-3 daqiqadan 
    so’ng suv to’kiladi. Ikkala holda don hidi hid bilish organi bilan aniqlanadi. 
    Ta’mini tekshirish. Bir necha donni chaynab, ta’mini aniqlaydilar. 
    Rangini tekshirish. Don rangi etalon bilan taqqoslanadi.
    Ifloslanganlikka tekshirish. Bir hovuch donni asta-sekinlik bilan 1-2 daqiqa 
    davomida aylanma harakatga keltiradilar. Natijada engil xas-cho’p yuqoriga 
    ko’tarilib, og’iri pastga tushadi. Barmoqlar orasidan don pastga tushgach, qoldiq 
    xas-cho’p og’irligiga qarab donning ifloslanganlik darajasini aniqlaydilar. 
    Namligini tekshirish. Ho’l don shaffofligini yo’qotadi hamda xiralanadi, 
    sochiluvchanlik xususiyatini yo’qotadi. Quruq don barmoq oralaridan bemalol 
    sochiladi (Ya’ni o’tib ketadi), ho’l don esa to’dalanib qoladi. Quruq don massasi 
    ichiga qo’l tiqilganda sovuqlik, ho’l donga qo’l tiqilganda esa issiqlik va namlik 
    seziladi hamda qo’lga donlar yopishib qoladi. Qattiq yuzada donni pichoq bilan 
    ikkiga bo’lganda namligi 14-15 % bo’lgan don bo’lakchalari ikki tomonga uchib 
    ketadi; 16-17 % namlikka ega bo’lgan don bo’lakchalari uchib ketmaydi; 17 % dan 
    ortiq namlikka ega don esa eziladi. 
    Albatta, yuqorida keltirilgan tahlil usullari don sifati haqida birlamchi tasavvur 
    qilish uchungina o’rinlidir. Lekin amaliyotda ushbu tahlillar ham muhim 
    ahamiyatga ega. Ya’ni, aytaylik, spirt zavodiga bir necha korxonalardan don 


    103 
    kelsin. Albatta, namlikka tekshirish orqali namligi yuqori bo’lgan donlar alohida 
    sig’imlar (silos)da (mos ravishda alohida maydonlarda) saqlanadi va ular tezda 
    qayta ishlashga yuboriladi. 
    Donlar nuqsonlik darajasi to’rtga bo’linadi:
    -birinchi nuqsonlik darajasidagi don – biologik tinch holatdan chiqqan don 
    bo’lib, ulardan solod hidi kelib turadi;
    -ikkinchi nuqsonlik darajasidagi don – mog’orlagan hidli don;
    -uchinchi nuqsonlik darajasidagi don – chirigan hidli don;
    -to’rtinchi nuqsonlik darajasidagi don o’z-o’zidan qizigan don bo’lib, tashqi 
    qobig’i qo’ng’ir yoki qora rangda bo’ladi. 
    Spirt zavodlarida qurg’oqchilik yillarida etishtirilgan donlar ham qabul qilinadi. 
    Ushbu donlar texnik to’liq etilmagan donlar bo’lib hisoblanadi. Spirt zavodlari 
    nokondision donlarni ham qabul qilishi va spirtga qayta ishlashi shart. Faqat bu 
    holda chiqadigan spirtning miqdori reglament bilan me’yorlanmagan. 
    Donlar zavodga to’rt o’qli temir yo’l yopiq vagonlarida yoki avtomashinalarda 
    keltiriladi. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish