101
Spirt ishlab chiqarishda texnokimyoviy nazorat xom-ashyoni tejagan holda
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladi. Texnik iqtisodiy
ko’rsatgichlar yuqori bo’lishi uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, xom-
ashyoni qabul qilish va saqlashda, texnologik jarayonlarni optimal rejimda
o’tkazishni amalga oshirish, uskuna va jihozlardan oqilona foydalanish kerak.
Texnokimyoviy nazoratning asosiy vazifasi texnologik jarayonlarni
borishini, xom-ashyo va tayyor mahsulot sifatini tekshirishdan iboratdir.
Spirt ishlab chiqarish zavodlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari birinchi
navbatda 1 tonna shartli kraxmalli xom-ashyodan qancha spirt chiqishi bilan
aniqlanadi.
Texnokimyoviy nazorat olib borishda tahlil qilish usullari to’g’ri tanlangan
bo’lishi kerak, shunda tahlil natijalari aniq va ishonchli chiqadi. SHu natijalarga
qrab texnologik rejimni ishlab chiqish va o’rnatish mumkin.
Spirt va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda texnokimyoviy
nazorat nafaqat xom-ashyo va materiallarni qabul qilish, balki ularni omborlarda
saqlash davomida ham nazorat qilish kerak. Hamma vaqt ulardagi kimyoviy va
fizik o’zgarishlar kuzatib boriladi. Tekshirishlarda xom-ashyo va materiallarning
harorati, muhit pH i, quruq moddalarning massaviy ulushi va namligi, nisbiy
zichligi, kislotalilik va boshqa ko’rsatgichlari aniqlanadi.
Bu nazoratlar nafaqat sifatsiz mahsulotlar chiqarmaslik, balki ishlab
chiqarishda yo’qotishlarga yo’l qo’ymaslikdir.
Spirt ishlab chiqarishdagi texno-kimyoviy nazorat quyidagilarni o’z ichiga
oladi: xom-ashyo sifatini nazorat qilish (don,kartoshka, melassa, qand lavlagi),
tayyor mahsulot sifati (xom spirt va rektifikatlangan spirt), spirt ishlab
chiqarishdagi qo’shimcha mahsulotlar, yordamchi materiallar, chiqindilar ishlab
chiqarishda ishlatiladigan suv, shuningdek texnologik jarayonlarning alohida
bosqichlarini nazorat qilish.