104
Don va kartoshkaning sifatini nazorat qilish: organoleptik nazorat (rangi,
hidi, tashqi ko’rinishi) naturasi, shartli kraxmalliligi, ifloslanganligi, namligi,
kasallanganligi, harorati, ularning fizik-kimyoviy tarkibi aniqlanadi.
Melassa- shakar ishlab chiqarishdagi qo’shimcha mahsulot bo’lib, spirt ishlab
chiqarishdagi xom-ashyo hisoblanadi va quyidagicha nazorat qilinadi: organoleptik
(tashqi ko’rinishi, mazasi, xidi) quruq
moddalar konsentratsiyasi, rN ko’rsatgichi,
saxarozani
massali ulushi, zichligi va suvda eruvchanligi.
Qandlashtirish jarayonini nazorat qilish: buningt
uchun Sharbatdan namuna
olinadi, uzluksiz qandlashtirishda-issiqlik almashinish qurilmasi va bijg’ish chani
orasidagi quvurdan xar smenada 6-8 marta, davriy qandlashtirishda –qandlashtirish
jarayoni tugagandan so’ng xar bir zator chanidan namuna olinadi. Sharbat
namunalari paxta mato orqali fil’trlanadi. Tiniq fil’tratda quruq
moddalar
konsenratsiyasi (saxarometr yoki refraktometr yordamida), kislotaliligi( metil qizili
indikatori ishtirokida o’yuvchi natriy bilan titrlash) va qandlashtirish
jarayonining
naqadar to’liq borganligi (yod bilan sifat reaksiyasi)aniqlanadi. Sharbat tomchisiga
yod bilan ishlov berilganda rang o’zgarmasa qandlashtirish me’yorda borganidan,
qizil rang-muhitda ko’p miqdorda destrinlar mavjudligidan, ko’k binafsha rang esa
muhitda qandlashtirilmagan kraxmal mavjudligidan dalolat beradi. Yod
bilan
ishlov berishda rangning bunday o’zgarishi qandlashtirish solod bilan olib
borilgandagina o’rinlidir. Qandlashtirishda mikroorganzmlar ferment
preparatlaridan foydalanganda rang ko’kligicha qolishi mumkin.