111
Analiz qilishdan oldin sharbatni buklangan filtr qog’oz yordamida filtrlagach,
uning birinchi fraksiyasini tiniq sharbat o’tguncha qayta filtrlanadi. Shu usul bilan
keltirilgan namunalardan olingan sharbatlar qo’shib aralashtirilib, bir qismi analiz
uchun olinadi. Sharbatdagi engil xiralik analizga xalaqit bermaydi.
Sharbatda alkogolli bijg’ish boshlanishi mumkinligini nazarda tutgan holda
analizni tezkorlikbilan bajarish lozim. Sharbatni ma’lum muddat davomida saqlash
zaruriyati tug’ilganda unga antibiotik (formalin, gorchisa moyi va sh. k.) solish
kerak.
Uzumning qanddorligini aniqlashning Sharbat zichligini areometr bilan o’lchash
usuli keng tarqalgan. Refraktometr bilan nurni sindirish darajasini o’lchash
yordamida qand miqdorini aniqlash usulini ham tavsiya qilish mumkin. Bu usul etarli
darajada aniq natijalar beradi.
Uzum etilganligini nazorat qilganda qand miqdorini kimyoviy usulda aniqlash
maqsadga muvofiq emas. Vaqt hamda reaktivlarning sarfi kimyoviy usulni
qo’llashda o’zini oqlamaydi, chunki namuna qay darajada aniq olingan bo’lmasin,
u daladagi uzumning haqqoniy qanddorligini ko’rsata olmaydi. Shuning uchun
qanddorlikni yuqorida qayd qilingan oddiy usullar asosida aniqlash qoniqarli
hisoblanadi.
Uzumdagi qand miqdorini uning Sharbatidagi miqdoriga teng deb (g/100 ml
kattalikda) ko’rsatish qabul qilinib, qanddorlik foizning o’ndan bir ulushigacha
ko’rsatiladi.