110
Nazorat qilinadigan daladan namuna uchun uzum donalari etilish darajasiga bog’liq
holda turlicha miqdorda olinadi. Ayrim donalardagi qand miqdori bir-biridan kam
farq qilsa oz miqdordagi namunalar bilan chegaralanish, uzumning etilganlik
darajasi qay darajada aniq topilsa, olinadigan namunalar sonini ham aniq bilib olish
mumkin.
Keltirilgan shartlarga asosan, tekshirilayotgan daladagi uzumning etilish darajasini
aniqlash ushun 20—40 dona namuna olsa kifoya bo’ladi. Bir tekis pishmagan
daladan olinadigan namunalar sonini ko’paytirish mumkin.
Uzumning etilganligini dala usulida tekshirish oddiy, etarli darajada aniqlikka
ega bo’lgani uchun uni kimyoviy nazorat laboratoriyalarining amaliy faoliyatida
qo’llashga tavsiya etish mumkin.