• Uzumdan o’rtacha namuna olish.
  • QABUL QILISH BO’YICHA NAZORAT YURITISH




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    QABUL QILISH BO’YICHA NAZORAT YURITISH. 
    Qabul qilinayotgan mahsulotdan namuna olishga alohida e’tibor beriladi, chunki 
    namuna uzum partiyasi to’g’risida to’g’ri axborot berishi lozim. Har bir partiyadan 
    olingan uzumning o’rtacha namunasida qanddorligi va titrlanadigan kislotalar miqdori
    uning mexanik tarkibi, ezilgan, kasallangan va qurigan donalarining foizi aniqlanadi. 


    117 
    Olingan natijalarga ko’ra, tayyorlanadigan Sharob uchun mazkur uzumning 
    kondisiyalari mos kelishi to’g’risida xulosa chiqariladi. 
    Uzumdan o’rtacha namuna olish. O’rtacha namuna qabul qilinadigan har bir 
    avtomashinadan olinadi. Buning uchun har 6-10 savat yoki yashikning har tomonidagi 
    qatlamidan taxminan 2 kg uzum olinadi. Mana shundagina namuna keltirilgan uzum sifati 
    to’g’risida aniq ma’lumot olish mumkin. Agar namunalarni taqqoslaganda ular bir-biriga 
    o’xshash bo’lsa ularni qo’shib, analiz uchun 1-2 kg ajratib olinadi. Agar namunalar 
    tashqi ko’rinishida farqlansa ularni qo’shib, aralashtiriladi va analiz uchun 2-3 kg 
    namuna olinadi. Mazkur namuna qayta ishlash uchun qabul qilinadigan uzum partiyasiga 
    mos kelishi kerak. 
    Uzumni yuklash-tushirish qurilmasi bo’lgan avtomashinalarda tashib zavodga olib 
    kelinganda maxsus namuna oluvchi uskuna yordamida uzum uyumining har tomonidan va 
    turli qatlamidan o’rtacha namuna olinadi. Namunaning bir qismini (taxminan 1 kg) 
    laboratoriya pressida siqib, olingan Sharbatning qanddorligi va titrlanadigan kislotaliligi 
    aniqlanadi. Namunaning qolgan qismi uzumning mexanik holatini tekshirish uchun 
    ishlatiladi, 
    Agar korxonada qabul qilingan uzumning har bir partiyasi alohida qayta ishlansa, 
    laboratoriyada namunani presslab Sharbat tarkibidagi qand va titrlanadigan kislotalar 
    miqdorini tekshirib turishga hojat qolmaydi. Uzum pressning savatida presslansa, uning 
    ostidan olingan Sharbatni analiz qilish yoki uzumning tagasi (cho’plari) ajratilib 
    o’zioqar uskunaga nasos yordamida uzatilsa, o’zioqar Sharbatni kimyoviy analizga 
    yuborish mumkin bo’ladi. Bu usul bilan olingan namuna faqat uzum holatini 
    ko’rsatadi. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QABUL QILISH BO’YICHA NAZORAT YURITISH

    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish