82
va 3-5 minut yaxshilab chayqatiladi. Mikroskopda ko’rish uchun yuvilgan suvdan
preparat tayorlanadi.
Sharobdan namuna olish. Bir xil partiyadagi xom Sharoblardan o’rtacha
namuna olinadi; zarur bo’lganda esa qabul qilish va namuna olish qoidalariga mos
holda har biri alohida idishdan olinadi.Ozuq muxitga ekish yo’li bilan analiz qilish
zarurati tug’ilganda esa sterillilik qoidalariga amal qilingan holda namuna olinadi.
Agar xom Sharob uzoq vaqt saqlangan ( tinch turgan ) bo’lsa, uning bir
necha
qatlamidan, shu jumladan, cho’kmasidan ham namuna olinadi.
Buning
uchun rezina shlanglardan (qisqichli) va shisha naycha yoki namuna olinadigan
asbobdan foydalailadi; har gal namuna
olingandan keyin ular suv, keyin esa
tekshiriladigan xom Sharob bilan yuviladi. Infeksiyalangan vinomateriallardan
namuna olib bo’lgandan keyin, shlang va namuna olinadigan asbobni suvda, keyin
spirtda chayish va faqat 5 minutdan keyin ulardan foydalanish mumkin. Agar
pastki jo’mrakdan namuna olish zarur bo’lsa, oldin 5-10 l Sharob materiali oqizib
yuboriladi.
Butilkalardagi Sharobdan namuna olinadigan bo’lsa,
oldin ular yaxshilab
chayqatiladi va quruq toza pipetkada butilkaning o’rtasidan namuna olinadi.
Namuna olingandan keyin iloji boricha tezroq analiz qilish kerak; namunalar
6±1S° da saqlanganda 2 soatdan kechiktirmay, agar
mikrofloraning miqdoriy
tarkibi aniqlanadigan bo’lsa, 30 minutdan kechiktirmay analiz qilinadi.
Nazorat
qilish
ob’kti
Tekshirish
joyi
Tekshiriladigan
ko’rsatgich
Tekshiridigan
ko’rsatgichlarning
eng yuqori qiymati
Tekshirish
usuli
Qo’lda
uzilgan
uzum
Transport
bo’limi
Mikroorganizmlar
miqdori (soni)
Bitta ko’rish
maydonida ko’pi
bilan 1-2 ta
mikroorganizmlar
hujayrasi
Yuvilgan
suvni bevosita
mikroskopda
qarash