Bog'liq BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр
Sharob va xom Sharoblarni mikrobiologik chidamliligiga baho berish usullari. Dastlabki baholash usuli.Dastlabki, taxminiy-ekspress baholash usuli
xom Sharoblarni mikroorganizmlar - achitqilar, sut kislotasi, sirka kislota
bakteriyalari bilan ifloslanganligi darajasini aniqlashga asoslangan. Olingan
namunani mikroskopda ko’rish yoki sentrifugalab, so’ngra mikroskopda ko’rish
yo’li bilan mikroorganizmlar hujayrasining umumiy soni aniqlanadi.
Oldin sentrifugalab, keyin mikroskopda ko’rish uchun tekshiriladigan 10 ml
material 25s
-1
(1,5·10
3
ob/min da) tezlikda 10 minut yoki 50 s
-1
( 3,0·10
3
ob/min)
aylanish 5 minut sentrifugalaniladi. Keyin cho’kma ustida suyuqlikni butunlay
quyib olib, mikroskopda ko’rish uchun preparat tayorlanadi.
1 ml xom Sharobdagi mikroorganizmlar hujayrasi sonini aniqlash uchun
hisoblash kamerasidan foydalaniladi.
Mikroorganizmlarning sistematik guruxlarini taxminiy aniqlashda ularning
mikroskopda ko’rilgandagi morfologik belgilariga asoslanadi.
Sharob materiallarining xolatiga dastlabgi taxminiy ekspress baho berishda
9-jadvaldan foydalanib, mikroorganizmlarning miqdorini hisobga olish
ma’lumotlari asosida baho beriladi.
Nazorat savollari: 1. Mikrobiologik tekshirishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Mikrobiologik tekshirish uchun uzum va shrobdan qanday namuna olinadi?
84
3. Hisoblash kamerasi nima uchun qo’llaniladi?
4. Qanday foydali mikroorganizmlarni bilasiz?
5.Spirt ishlab chiqarishdagi mikrobiologik nazorat.
6.Pivo va alkogolsiz ichimliklardagi mikrobiologik nazorat.
8. Mahsulotlarni organoleptik tahlili.