Bog'liq BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр
Cho’ktirish refraktometri. Asbobning tuzilish prinsipi RL va RLU refraktometrlariga o’xshash.
Cho’ktirish refraktometrining ko’rsatkichlari boshqa refraktometrlarga nisbatan
sinish ko’rsatkichini yuqori aniqlikda topadi, 2x 10
-5
(yoki 0,03% quruq moddalar)
1,3254 dan 1,3664 chegarada.
Asbob quyidagi qismlardan iborat:
1-sindirish prizmasi.
2-korregiyalashtiruvchi prizmalar sistemasi.
3-ob’ektli
4-jadval bir tarnovga o’rnatilgan
5-okulyar
76
Tekshirilayotgan eritma stakanchalarning bir-biriga quyiladi, so’ngra uning
ichiga prizma solinadi. Stakanchada doimiy haroratni qayd qilish uchun
stakanchani suvli temostat ichiga joylashtiramiz, termostat ostida ko’zgu
joylashgan.
Yorug’lik aksi ko’zgudan qaytib, temostatning oynasi tagidan o’tib,
stakanchadagi tekshirilayotgan suyuqlikdan prizmaga. Ikki muhitning chegara
yuzasida suyuqlikni sinish koeffisentiga ko’ra nurlar yo’nalishi o’zgaradi. Agar
nurning yo’nalish burchagi ichki to’liq aks burchagidan kam bo’lsa, bu sharoitda
okulyarda bizga ko’rinadigan maydonchada yorug’lik tushadi. Bordiyu, nurning
yo’nalish burchagi ichki to’liq aks burchagidan ko’p yoki teng bo’lsa, unda ko’rish
maydonchasi yoritilmaydi.
Jadvalni butun bo’linmalari okulyar orqali ko’rish maydonini qorong’i va
yorug’lik chegarasidan xisoblanadi, o’nlik bo’linmalarning qismlari esa
mikrometrik vint yordamida aniqlanadi. Bo’linish chizig’i kompensator yordamida
aniq qilib o’rnatiladi. Ishni boshlashdan oldin asbobni to’g’ri joylashtirilgani
aniqlanadi. Buning uchun distillangan suv solingan stakanni 20 yoki
17,5˚C dagi
termostatda 10-15 daqiqa saqlanadi. Bu vaqt oralig’ida suv termostatdagi issiqlik
darajasini qabul qiladi, so’ngra stakanchaga prizmaga solinadi va refraktometrni
mahsus mahkamlab, 10 daqiqadan so’ng jadvalda xisoblash boshlanadi.
Bo’linish chizig’i
20˚C da 14,5 bo’linmasidan o’tishi, 17,5˚C da esa 15
bo’linmasidan o’tishi kerak. Aks xolda, asbob boshqacha joylashtiriladi:
mikrometrik vint 0 nuqtaga qo’yilib, asbobning dastasi ko’rsatkich ko’payadigan
tomonga buriladi va bo’linish chizig’i 1,5 yoki 15 bo’limiga teng bo’lguncha
baraban aylantiriladi. SHu payt vintning dastasi mahkamlanadi. Aniq natijalarga
ega bo’lish uchun o’lchash harorati o’ta aniq va doimiy bo’lish lozim.
Pretsizion refraktometr
Bu asbob qand refraktometri va cho’ktirish refraktometrining yig’indisi bo’lib,
30 % saxaroza konsentrati yordamida quruq moddalarning aniqlash uchun
qo’llaniladi. Bu refraktometri quyidagi qismlardan iborat:
77
1-kamera, yoritish prizmasi bilan.
2-kopensator
3-hisobni amalga oshiruvchi baraban.
4-okulyar, bu orqali ko’rish maydonchasi ko’zdan kechiriladi.
Jadvalning shartli ko’rsatkichlari 0dan 10gacha.
Aniqlash uchun sinaluvchi suyuqlik ikkala prizma orasiga o’rnatiladi. O’lchash
harorati
20˚C.