1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

Cho’kmalar. Sinalayotgan Sharob namunasida cho’kmalar borligi aniqlanganda, 
ularning tabiatini belgilash kerak, buni tajribali degustator, cho’kmaning tashqi 
ko’rinishiga qarab to’g’ri aytib beradi. Bunda ikkilanish kursatilganda 
mikroskopda kuriladi. Cho’kmalarning tashki kurinishi ta’riflanishi uchun 
quyidagi terminlar qo’llaniladi: engil, og’ir, kristallik, amorf, changsimon, pag’a-
pag’a, shilimshiq, tvorogsimon, cho’ziluvchan. 
Rangi. Yangi tayyorgangan xo’raki ok Sharoblarning rangi sarg’ish yoki 
yashilrok, saqlanganda, etilganda, oksidlanish natijasida va moddalar 
bochkalarning taxtasidan Sharobga o’tishi natijasida rangi ancha quyuq va to’q bo’lib 
boradi, eski oq Sharoblarda rangi chiroyli tillasimon bo’ladi. YOsh qizil Sharoblar 
quyuq pushti rangda, ko’pincha binafsha tusli bo’lib, saqlash va etilish natijasida 
anor yoki to’q qizil rang bo’lib va yoqut rangini u yoki bu to’qligida bo’lib 
xarakterlanadi; eski (qari) qizil Sharoblar jigar rang yoki piyoz po’stlog’i rangida 
bo’ladi. Pushti yosh Sharoblar saqlash natijasida badan rangida va och sariq rangga 
kiradi. Shirin oq Sharoblar xar xil ko’pincha choyni xilma-xildagi quyuqlikdagi 
rangni eslatadi. 
Sinalayotgan Sharobni namunasining rang turi, uning u yoki boshqa tip Sharobga 
ta’lluqligi xaqida, tayyorlash texnologiyasi xususiyatlari va saqlash sharoitlari, tarkibi 
va xossalari (masalan, ekstraktivligi, kislotaliligi, etishganligi xaqidagi) ayrim 
xolatda esa Sharobning yaxshi yoki kasalligi haqida fikr yuritish uchun mezon 
bo’lib xizmat qiladi. 
Sharoblarning rang xususiyati, uning to’qligi ifodalangan iboralar xilma-xil bo’lib, 
u Sharobning nafaqat rangini xilma xilligi, balki degustatorning o’ziga xos ko’rish 
xususiyatlari bilan xam tushuntiriladi. Sinalayotgan Sharoblarning xar bir degustator 


89 
beradigan degustatsion xarakteristikasini taqqoslash uchun ifodalarni xamda rangini 
ifodalash sistemasini, ranglarni va uning tuslarini aniqlashga degustatorga keng 
imkoniyat berib, unifikatsiyalashtirish kerak. 
Sharob rangini degustatsion xarakteristikasi eng avval umum qabul qilingan 
terminlar bilan aniqlanadigan asosiy rangini ifodalash kerak. Asosiy ranglarning 
tuslari old qo’shimcha yoki ba’zan qushalok so’zlar bilan ko’rsatiladi: «sariq, oq 
sariq, to’q sariq » kabi ifodalar sinalayotgan namunaning asosiy rangini bildiradi. 
Keyinchalik, asosiy rang intensivligi, masalan, «to’q qizil», «anor rang», «och sariq» 
rang kabi ranglar qayd etiladi. Zarur xollarda qo’shimcha rang qayd etiladi, masalan, 
och sariq, tusli to’q qizil rang, kofe tusli qizil rang, jigar rang. Sharobning rangini 
bunday tasvirlash uni berilgan degustatsion qog’ozga ko’ra oson aniqlashga yordam 
beradi. 

Download 1,5 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish