86
ta’sirlanishi xollarida kuchsiz xidlar umuman sezilmaydi, kuchli xidlar esa
kuchsizlanadi. Shundan
qayd etish kerakki, ayrim aromatik moddalar turlanishiga
ko’ra o’z xid xususiyatini tez o’zgartiradi.
Hid bilan aromatik moddalarning tabiati o’rtasidagi bog’liqlik xaligacha
aniqlanmagan. Hid sezish juda turli-tuman, murakkab va qiyin klassifikatsiyalanadi.
Xidni yaxshi aniq payqash uchun tez va qisqa nafas bilan
takror xidlash kerak,
chunki sekin nafas olganda, xavo asosan pastki burun yo’li orqali o’tib, natijada
xidli moddalar burunni shilimshik parda sirtiga diffuziyalanishi qiyinlashadi.
Namunani yutganda ta’m sezish xid sezish bilan qo’shilib, shu zaxoti burun
bo’shlig’iga yutiladigan xidli zarrachalarni bug’lanishi nixoyatda kuchayadi. Xam
xidlab, xam yutinganda paydo bo’ladigan sezish
namunani umumiy mayinlik
davrasi xaqida bir fikr yuritishga yordam beradi.
K
o’rish. Sharoblarni organoleptik xarakterlashda uning rangi va tiniqlik
darajasi yot qo’shilmalarni, qovushqoqligi va boshqa alomatlarini aniqlash,
Shampan vSharoblarida esa vijillab turishi va ko’pik Hosil bo’lishini baxolash
muxim axamiyatga ega. Ko’rish orqali Sharoblarning
ayrim kasalliklarini, illatlarini,
kamchiliklarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Sharoblarni organoleptik sinashda ta’m bilish, xidlash va ko’z bilan ko’rishdan
tashqari, shuningdek,Sharoblarning og’izga tekkanida, uning ayrim belgilari
(qattiqligi, mayinligi, shilimshiqligi, sezuvchanligi va boshqa) xatto
Sharob
solingan shishaning og’zi ochilgandagi tovushi, karbonat
kislota bilan
to’yintirilgan Sharobdagi karbonat kislota ajralib chiqish jarayonidagi vijillash xam
axamiyaga ega.