• Ta’lim beruvchi vazifa
  • Tarbiyaviy vazifa – matematikani o’rganishga qiziqish orqali shakllana boradi, o’quv faoliyatini motivlashtirishni kuchaytiradi. Rivojlantiruvchi vazifa
  • Inshakltsion vazifa
  • Evristik vazifa
  • Matematika o’qitishning vazifalari




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Matematika o’qitishning vazifalari 
    Maktematika o’qitish: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, shuningdek, 
    inshakltsion, evristik, diagnostik, estetik, amaliy nazorat-baholash, tahrir va 
    integratsiya qiluvchi funksiyalarni o’z ichiga oladi. 
    Ta’lim beruvchi vazifa –
    o’quvchilarning matematik predmet, 
    matematikaga oid metodlar va ilovalar haqida tasavvur uyg’otadigan matematik 
    bilimlar tizimini egallashini nazarda tutadi. Ta’lim funksiyalari ko’p hollarda 
    o’quvchilarning bilimlar sintezi, uquv hamda malaka bilan shartli ravishda 
    bog’langan bo’lib, dunyoqarashinig rivojlanishiga xizmat qiladi. 
    Tarbiyaviy vazifa – 
    matematikani o’rganishga qiziqish orqali shakllana 
    boradi, o’quv faoliyatini motivlashtirishni kuchaytiradi. 
    Rivojlantiruvchi vazifa –
    bilishning psixologik jarayonlari va inson 
    xususiyatlarining shakllanishida namoyon bo’ladi. Masalan, diqqat, xotira, 
    fikrlash, bilish faolligi va mustaqillik, qobiliyatlar, shuningdek, aqliy faoliyatning 


    16 
    mantiqiy metodlarini (tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash v.h.) qo’llash 
    shular jumlasidandir. 
    Inshakltsion vazifa – 
    o’qish davomida o’quvchi matematik g’oyalarning 
    paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi, olimlarning tarjimayi holi, u yoki bu 
    konsepsiyaga oid turli nuqtayi nazarlar bilan tanishuvdan iborat bo’ladi. Shu tariqa 
    o’quvchi o’qish jarayonida yetarli darajada katta hajmdagi inshakltsiya oladi, 
    matematikaning har xil ilovalari, matematika sohasidagi yangi kashfiyotlar bilan 
    tanishadi. 
    Evristik vazifa –
    o’qituvchi o’qitish jarayonida o’quvchining qobiliyatini 
    o’stirishga qaratilgan sharoitlarni tashkil etishi bilan izohlanadi. Shuningdek, 
    o’qituvchi tomonidan matematikaga o’qitish paytida evristik metodlarni kiritishi va 
    ulardan har xil vaziyatlarda foydalanishni o’rgatishi ham evristik vazifaga kiradi.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish