18
Bolalarni oddiy hisoblash bilimiga o’rgatish to’g’risidagi ilk ma’lumotlar
qadimgi sharq tarixida uchraydi. Qadimiy Gretsiya matematik madaniyati ham
maktab matematikasini o’qitishga alohida e’tibor bilan qaragan. Chunki bu yerda
hali m.a. V asrdayoq savdo-sotiq ishlari rivojlangan,
dengizda suzish,
hunarmandchilik kabi sohalar yaxshi rivojlangan, shuning uchun ham Gretsiyadagi
boshlang’ich maktablarda hisob va amaliy geometriya o’rgatila boshlagan.
Matematikaning o’quv predmeti mazmuni ta’lim maqsadlarining kengayishi,
maktab tayyorgarligiga oid yangi talablarning paydo bo’lishi, o’quv
standartlarining o’zgarishiga qarab vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Bundan
tashqari, fanning o’zi uzluksiz rivojlanib borishi, uning yangi sohalari va
yo’nalishlarining yuzaga kelishi – ta’lim mazmunini
yangilab borish zaruratini
tug’diradi: amaliy qimmatga ega bo’lmagan bo’limlar qisqaradi, yangi istiqbolli va
dolzarb mavzular kiritiladi. Pedagogik fanlar ham bir nuqtada to’xtab qolmaydi,
aksincha, yangi pedagogik tajribalar maktab ta’limining umumiy ishlari tarkibiga
kiritiladi.
Matematika o’quv predmeti sifatida maktabda arifmetika, algebra,
matematik
tahlilning
boshlanishi,
yassilik
va
bo’shliqning yevklidcha
geometriyasi, tahliliy geometriya, trigonometriya elementlarini namoyon etadi.
O’quvchilarga matematika o’qitish – ular tomonidan
matematik bilimlar
tizimini o’zlashtirishga, matematika va unga yaqin o’quv predmetlarini o’rganish
hamda amaliy topshiriqlarni yyechish, mantiqiy fikrlashni o’stirish, tasavvurini
kengaytirish, yozma va og’zaki matematik nutqini o’stirish; hisoblash uquvini
shakllantirish, algebraik qayta qurishlar, tenglama
va tengsizliklarni yyechish,
shuningdek, instrumental va grafik uquvlarni orttirishni davom ettirish maqsadida
olib boriladi.
Matematik fandan, matematika o’quv predmeti nafaqat hajman, balki
bayonning tizimli hamda chuqur bo’lishi, savollar amaliy yo’nalishda ekanligi
bilan farqlanadi.
19
Matematika o’quv kursi doimiy ravishda biri-biriga zid bo’lgan, ya’ni
matematika – rivojlanayotgan fan hamda matematikaning doimiy o’zagi – o’quv
predmeti o’rtasidagi to’siqni yengib o’tishga majbur bo’ladi. Fanning rivojlanib
borishi esa muntazam ravishda matematik ta’lim
mazmunini yangilab borishni,
o’quv predmetini fanga yaqinlashtirishni, mazmunning ijtimoiy buyurtma
talablariga mos bo’lishini talab etadi.
O’quv predmeti sifatida matematikani rivojlantirishning zamonaviy bosqichi
uchun quyidagilar muhim xususiyat sanaladi:
– mazmun asoslarini qat’iy tanlab olish;
–o’qitish maqsadlarini, fanlar aro aloqalarni, o’qitishning har bir bosqichida
o’quvchilarni matematik jihatdan tayyorlash talablarini aniq qilib belgilab olish;
– matematikaning tarbiyaviy va rivojlantirish rolini oshirish hamda uning
hayot bilan aloqasini mustahkamlash;
– doimiy ravishdja o’quchilarning predmet va
uning ilovalariga nisbatan
qiziqishini orttirib borish.
Maktab matematikasi mazmundorligini takomillashtirishning keyingi
omillari, bu – amaliyot, ya’ni o’quvchilarning matematik bilimi oldiga sanoat,
ishlab chiqarish,
harbiy ish, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy qayta qurish kabi sohalar
tomonidan qo’yiladigan talablardir.
Shuni ham eslatib o’tish kerakki, XX asrning 90-yillarida olib borilgan o’rta
ta’limni ijtimoiylashtirish, demokratlashtirish va mafkuradan xoli etish harakatlari
maktablardagi matematika ta’limi mazmuniga ham ma’lum ma’noda ta’sir etdi.
Masalan, o’qitishni differensiyalash (bir sinfdagi o’quvchilarni bilimiga qarab
guruhlarga bo’lish) g’oyasi yangi turdagi maktablar (litseylar, gimnaziya va
kollejlar v.b.) yoki turli yo’nalishdagi sinflar (ijtimoiy, texnik, iqtisodiy,
fizika-
matematika v.b.)ning paydo bo’lishiga olib keldi. Turli yo’nalishdagi maktablar
uchun matematika kurslarini o’qitish rejasini tuzishda xilma-xilliklar borligi
tufayli, mazmun va matematik tayyorgarlikni o’z ichiga oladigan matematik
standart yaratish muammosi dolzarb masalalardan hisoblanadi.