33
–
darsdan tashqari mashg’ulotlarning yetarli darajada tashkil
etilmasligi.
Matematik ta’limning mazmuni.
Maktab matematika kursining mazmuni
bir
qator normativ hujjatlarda, darsliklarda, o’quv rejalarida, o’quv
dasturlarida,
uslubiy qo’llanmalarda aks ettiriladi. Asosiy o’quv rejasi barcha o’rta umumiy
ta’lim beradigan o’quv muassasalari uchun majburiy sanaladi. U matematika
bo’yicha o’quv dasturlari hamda o’quv-tematik rejalarni ishlab chiqishning
asosi
hisoblanadi. Matematika bo’yicha o’quv dasturi o’rganilayotgan materiallar
mavzularini, har bir mavzuga sarflanadigan vaqt soni bo’yicha tavsiyalarni,
bilimlar ro’yxatini, fan bo’yicha uquv hamda ko’nikmalar ro’yxatini o’z
ichiga
oladi.
O’quv dasturlarida matematik material joylashuvining uch xil varianti
mavjud:
-chiziqli (material izchillikda joylashtiriladi);
-kontsentrik (ba’zi bir bo’limlar yangi darajada takrorlash orqali o’rganiladi);
-spiral (material izchil ravishda sikllar bo’ylab joylashtiriladi).
Bilim, uquv, ko’nikma – ta’limning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bilim
– asosiy ilmiy faktlar va nazariy umumlashmalarni xotirada saqlab
qolish, lozim paytda qayta tiklash va amalda qo’llashdir.
Har
qanday
bilim
tushunchalarda,
kategoriyalarda,
prinsiplarda,
nazariyalarda, gipotezalar va qonuniyliklarda namoyon bo’ladi. Matematik bilimlar
esa
matematik tushunchalarni, qonunlarni, ramzlarni, matematik til va boshqalarni
o’z ichiga oladi.