• Ijod maktablari
  • O’zbekistonda kiritilgan yangi ta’lim tizimi va uni amalga oshirilishidagi




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    O’zbekistonda kiritilgan yangi ta’lim tizimi va uni amalga oshirilishidagi 
    ba’zi muammolar. 
    O’quv muassasalari tarmog’ini modernizatsiya qilish tufayli 
    paydo bo’lgan ta’lim muassasalari orasida litsey, gimnaziya va ijod maktablari 
    keng tarqalgan. Gimnaziya va litsey bitiruvchilari yuqori darajali bilimga ega 
    bo’lishiga erishishga mo’ljallangan. Gimnaziya uchun o’quvchilarga madaniyat 
    sohasini, xususan, ular tomonidan tanlangan fan sohalarini chuqurlashtirilgan 
    holda o’rganishning umuminsoniyat madaniyatidagi o’rni va fan sohalarining 
    madaniyatga oid boshqa tarkibiy qismlar bilan aloqasini o’rgatish asosiy faoliyat 
    funksiya hisoblanadi. Shuning uchun ham gimnaziyalar o’z faoliyatini ijtimoiy 
    komponent yorqin aks etgan va chet tillar, badiiy-estetik sikldagi fanlar 
    chuqurlashtirilgan holda o’qitiladigan ta’limiy dasturlar asosiga quradi.
    Litsey 
    – bu yuqori darajali o’rta umumta’lim muassasi bo’lib, unda yorqin
    maxsuslashtirilgan uzluksiz ta’lim prinsipi (tamoyili) amalga oshiriladi. Litsey – 
    biror-bir fanni o’qitish bo’yicha metodikaga doir tadqiqotlar olib borishning 
    salohiyatli ilmiy bazasini ta’minlashga yo’naltirilgan. Shuningdek, litsey oliy 
    o’quv yurtlarida o’qish uchun poydevor vazifasini o’taydigan fanlar tizimidagi 
    ta’limiy va amaliy o’quv tashkil etiladigan, ya’ni kasb egallashga qadar mo’ljal 
    olinadigan fanlar o’qitiladigan ta’lim muassasasi hisoblanadi. Litseyning ta’lim 
    muhiti tanlangan kasbga to’g’ri keladigan oliy o’quv yurti bilan jips bog’langan, 
    shuning uchun ham unda kasbga yo’naltiruvchi maxsus kurslar tashkil etiladi. 


    32 
    Litseyda o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ma’ruzalar, seminarlar
    amaliyotlar, laboratoriya ishlari asosiy ish shakli hisoblanadi. 
    Ijod maktablari
    – ikki belgi bilan izohlanadi: amalga oshiriladigan o’quv 
    dasturlariga moslik va uning tarkibiga kiradigan hamda har biri o’z dasturini 
    amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalari turi bilan belgilanadigan tizimga 
    ega ekanligi. 
    Quyidagilar ushbu maktabning 

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda kiritilgan yangi ta’lim tizimi va uni amalga oshirilishidagi

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish