Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1.
 
O’qitishdagi ilmiy izlanish metodlari nimalardan iborat? 
2.
 
Tajriba va kuzatish metodi qanday metod? 
3.
 
Taqqoslash metodi qanday metod? 
4.
 
Analiz va sintez metodi qanday metod? 
5.
 
Umumlashtirish metodi qanday metod? 
6.
 
Abstraksiyalash metodi qanday metod? 
7.
 
Klassifikatsiyalash metodi qanday metod? 
2. MATEMATIKA O’QITISHDA TAFAKKUR QILISH 
SHAKLLARI 
Matematikani o’qitish jarayonida tafakkur qilish shakllari: matematik 
tushuncha, matematik hukm va matematik xulosa. 
Mana, biz endi bosh maqsadga – ya’ni, o’quvchilar tomonidan fanlarni 
o’zlashtirish jarayoni qanday kechadi, o’qituvchi tomonidan yetkazilgan bilimlar 
qay tarzda o’quvchilarning fikrlashida qatorlashadi, degan masalaga o’tamiz. Bu 
savolga o’tgan asrning o’rtalarida buyuk rus psixologi P.Ya. Galperin javob 
bergan.
P.Ya. Galperin fikricha, ko’ra har bir aqliy harakatni inson bosqichma-
bosqich o’rgana boradi. Birinchi bosqichda u o’zi uchun yangilik bo’lgan 
harakatda mo’ljal oladi, u qanday amallarni bajarishdan tashkil topganligini 
bo’lishini biladi. Ikkinchi bosqichda u har bir qadamini sinchkovlik bilan 
tekshirgan holda ana shu amallarni bajarishga harakat qilib ko’radi, ya’ni P.Ya. 
Galperinning aytishicha, shu ishi bilan moddiy (yoki moddiylashgan) ko’rinishdagi 
harakatni amalga oshiradi. So’nggi bosqichda esa inson yangi harakatni tez, 


43 
avtomatlashgan holda, faqat oxirgi natijani tekshirib ko’rish orqali bajaradi (bu – 
intreozatsiya, ichki plandagi harakat deb nomlanadi). 
Ana shu jihatlarni inobatga olgan P.Ya. Galperin aqliy harakatlarni bajarishga 
o’rgatishni quyidagi bosqichlarda amalga oshirishni tavsiya etadi: 
1. O’quvchilarning yangi harakati uchun mo’ljal olishi; 
2. Harakatni moddiy (moddiylashgan) holda bajarish; 
3. Ichki rejada harakatlanish. 
Biz pedagoglar uchun P.Ya. Galperinning mana bu talabi ham muhimdir: agar 
aytib o’tilgan bosqichlardan birortasini o’quvchi uddalay olmasa, uni darhol 
avvalgi bosqichga qaytarish kerak. 
Aytish mumkinki, ikkinchi bosqichdan uchinchi bosqichga – ichki planda 
harakatlanishga o’tish – shunchaki oddiy emas. Shuning uchun ham P.Ya. Galperin 
uchinchi bosqichga o’tishni ta’minlash uchun qo’shimcha bosqichlarni ham tavsiya 
etgan: tashqi va ichki nutq (ichda aytiladigan nutq). 
Hozirgi kunda Galperin nazariyasi barchaga ma’lum. Agar Siz bu nazariya 
bilan tanish bo’lmasangiz, albatta, P.Ya. Galperin va S.V. Kabilnitskayaning 
«Diqqatni eksperimental jamlash» deb nomlangan kitobini (M.: MGU. 1974) qarab 
chiqishingiz lozim bo’ladi. 
P.Ya. Galperin nazariyasidan algoritmlarni o’rganishda foydalanish juda 
qulay va u juda odatiy tus olgan. 
1. Biz tushuntirishni ushbu algoritm qanday harakatlardan tashkil topganligi 
to’g’risida ma’lumot berishdan boshlaymiz. Masalan, 
y = ax
2

bx + c
kvadrat 
funksiyasi javdvalini tuzish uchun:
a) parabolaning yuqori qismi abssissasi
 
ni
formula bo’yicha 
topish; 
b) parabolaning yuqori qismi ordinatasi
ni
=a
+b
+c
formulalari orqali topish; 
c) koordinata teksiligida parabola yuqori qismini M(
,
) quring; 
d) Y=a
parabolasini parallel ravishda OM vektoriga o’tkazing. 


44 
Bu ma’lumotni shunga o’xshash qurilishga ega misol bilan u yoki bu vosita 
bilan o’quvchilarning diqqat-nazariga yetkazamiz. Shu tariqa P.Ya. Galperin tili 
bilan aytganda, harakatning mo’ljal asosi yaratiladi. Birinchi bosqichning o’zi esa 
aslida ham, aqliy harakatni shakllantirishning mo’ljal bosqichi hisoblanadi.
2. Biz (a–d)da ko’rsatilgan harakatlar o’quvchilar tomonidan bajarilishini, 
ular bilan birgalikda qadam-baqadam to’g’riligini tekshirib borish orqali tashkil 
etamiz, mana shuning o’zi – moddiylashtirishdir.
3. Biz qadamlarning (a–d) tez, avtomatlashgan holda bajarilishiga erishamiz 
va oxirgi natija asosida algoritmning to’g’ri bajarilganligini tekshirib boramiz. 
Mana shuning o’zi – interiorizatsiyalashgan harakatlar bosqichidir.
Biz 2- va 3- bosqichlar orasida o’quvchilarga yo’l qo’yilgan xatolarni 
to’g’rilash, harakatlari qanday bo’lganligini va uni qanday to’g’rilash 
mumkinligini baland ovozda tushuntirib borish orqali juda katta ish olib boramiz. 
Shu tariqa baland ovozli nutq bosqichi yuzaga keltiriladi. Biz o’quvchidan o’ylab 
ko’rishni va agar bor bo’lsa, xatolarni o’zi topishini iltimos qilamiz. Shu tariqa 
o’quvchi uchun ichki nutq bosqichi yuzaga keltiriladi.
Algoritm bilan ishlashning ana shunday oddiy va odatiy amaliyoti haqida 
o’ylaganda, P.Ya. Galperin hech qanday yangilik yaratmagan, degan fikrga ham 
kelish mumkin. Aslida esa, P.Ya. Galperinning bu ilmiy muvaffaqiyati shundaki, u 
aynan ana shu ish tartibi insondagi nafaqat algoritmni o’zlashtirish harakatlariga, 
balki har qanday aqliy harakatning shakllanishiga ham mos keladi. Shu ma’noda 
aytadigan bo’lsak, P.Ya. Galperin nazariyasidan foydalanish nafaqat algoritmlarga 
o’qitishning texnologik ish tartibini tashkil etishda, balki aniqlovchilar va 
teoremalarni o’qitishda ham qo’l keladi.
Ta’kidlash zarurki, biz har qanday harakatni ham avtomatlashtirish tarzidan 
olib borishga intilmaymiz. Agar maqsadimiz o’quvchilarga ma’lum bir harakat 
haqida 

Download 3,86 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish