58
5.Muammoni izlash va yechim topish (gipotezani
shakllantirish, giotezani
isbotlash, yondashuvlar tahlili, umumlashma).
6.Muammo yechimini tekshirish. Tadqiqot. Izlash natijalarini tahlil qilish.
Muammoli o’qitishda o’qituvchi tayyor
bilimlar haqida aytmaydi, aksincha,
o’quvchilarning bu bilimni izlab topishini tashkillashtiradi.
Izlash jarayonida
matematik tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar ayon qilib boriladi.
Muammoli o’qitish, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ma’lum ma’nodagi,
ya’ni o’z fikrini erkin bildirish, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida xayrixoh
muomala-munosabatli ish uslubi o’rnatilgandagina
muvaffaqiyatli amalga
oshiriladi.
Muammolilik pedagogik jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi,
lekin
shunday bo’lsa-da, barcha darslarni (mashg’ulotlarni) muammoli deb bo’lmaydi.
Hamma narsa o’qitish paytida foydalaniladigan muammoli o’qitishga xos usul va
tashkiliy shaklning hajmiga bog’liq bo’ladi.
Muammoli o’z ustunlik va kamchiliklariga ega.
Ustun jihat sifatida o’quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanishini,
matematik qobiliyati o’sishini, o’qishga nisbatan
qiziqishi shakllana borishini,
o’qishda faolligi tarbiyalanib borishini, ijodiy tushunchalarning kengayib borishini
ta’kidlab o’tish mumkin.
Ayrim juz’iy kamchiliklar sifatida esa, ko’p
vaqt sarflanishini, shuningdek,
o’qituvchi uchun maxsus uslubiy tayyorgarlik zarur bo’lishini aytib o’tish mumkin.