56
Muammoli vaziyat
– mavjud bilimlar bilan taklif etilgan muammoni yyechish
mumkin bo’lgan bilimlar o’rtasidagi taklif etilgan masalani yyechish qiyinchlikni
his etish.
Muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan
topshiriq muammoli, yoki
muammoli masala deb ataladi. Muammolilik belgilari quyidagicha namoyon
bo’ladi:
-muammoli vaziyatning tug’ilishi;
-yechim topishga qiziqish va ma’lum ma’noda tayyor bo’lish;
-izlashning turli yo’nalishlar bilan shartlangan har xil yo’llarini topish.
Muammoning qo’yilishi o’quvchilar tushunadigan, shakllantirilishi esa, ularni
qiziqtiradigan tarzda bo’lishi kerak.
Muammo va muammoli topshiriq o’rtasidagi farqni bilish kerak.
Muammo
kengroq ma’noda bo’lib, u muammoli topshirqlarning ketma-ket yoki qismlarga
yoyilib (sochilib) ketadi. Muammoli topshiriqqa (masalaga)
bitta topshiriqning
oddiy yoki muammoning xususiy holati sifatida qarash mumkin. Masalan, rombni
o’rganish topshiriq qilib berilishi mumkin. Bu topshiriq tarkibiga kiradigan o’quv
masalalaridan biri rombning diagonallarini ochishdan iborat bo’ladi.
Muammoli o’qitish o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish va
rivojlantirish ehtiyojiga yo’naltirilgan bo’ladi. Muammoli o’qitishni o’quv
topshiriqlarini tuzishga qaratilgan muammoli topshiriqlardan
boshlash maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Muammoli o’quv muammolarining uch turi mavjud:
1.Matematikalashtirish muammosi – matematik tarzda ifodalash, ya’ni
vaziyat va topshiriqlarni matematika tiliga o’girish,
boshqacha qilib aytganda,
matematikadan tashqari yoki matematikaning ichida, demak,
matematik
muammolar modelini qurish demakdir.
2.Modellarning turli sinflarini tadqiq etish muammosi. Bu turdagi
muammolarni hal etish (yyechish), uning tarkibiga “kichik nazariyalarni” qo’shish
orqali nazariy bilimlar tizimini bundan keyingi rivojlanishini ta’minlash deganidir.
57
3.Yangi vaziyatlarda yangi nazariy bilimlarni qo’llash, ya’ni matematik
bilimlarni, yangi obyektlarni o’rganishga tadqiq etish muammosi.
Endi esa matematikaga o’qitishda muammoli usulni qo’llashda o’qituvchi va
o’quvchi faoliyati qanday bo’lishi kerakligi masalasini ko’rib chiqamiz. (1 jadval)
2-jadval