• Matematikaga o’qitishning didaktik prinsiplari (tamoyillari)
  • O’qitish prinsiplari (tamoyillari)




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    O’qitish prinsiplari (tamoyillari)
    – bu, yetakchi g’oyalar, didaktik jarayonni 
    tashkil etish va uni o’tkazishga doir normativ talablaridir. Ular o’qish jarayonini 
    maromlashtirib turuvchi umumiy ko’rsatmalar, qoidalar, normalar hisoblanadi. 
    O’qitish prinsiplari (tamoyillari) – bu, o’quv jarayoning samarali va sifatli 
    bo’lishini ta’minlash uchun rioya qilinishi zarur bo’lgan muhim talablar tizimidir.
    Matematikaga o’qitishning didaktik prinsiplari (tamoyillari)
    tarkibiga 
    ko’ra matematikaga o’qitishni qanoatlantiradigan talablarning yagona yig’indisini, 
    shuningdek, ilmiylik, tarbiya, ko’rgazmalilik, o’zlashtiruvchanlik, onglilik va 
    faollik prinsiplarini, bilimlarni o’zlashtirishning mustahkamligini, izchillikni, yosh 
    xususiyatlarini inobatga olishni, o’qitishni individuallashtirishni, tarbiyaviy 
    o’qitishni o’zida mujassam etadi.
    Matematik ta’lim konsepsiyasi asosiga quyidagi prinsiplar kiritilgan: 
    – ilmiylik; 
    – onglilik, faollik va mustaqillik; 
    – o’zlashtiruvchanlik (dostupnost); 
    – ko’rgazmalilik; 
    – matematik ta’limning umumiy ta’lim maktablarining barcha pog’onalari 
    uchun umumiylik va uzluksizilik; 
    –ta’lim mazmunining, tashkiliy shakllari va o’qitish metodlarining
    vorisiyligi hamda istiqbolliligi;
    –tizimlilik va izchillik; 
    – matematik bilimlarning tizimliligi; 


    51 
    – matematik ta’limni differensiyalash va individuallashtirish, matematikani 
    o’rganish darajasini erkin tanlash sharoitlarini yaratish; 
    – ijtimoiylashtirish; 
    – tarbiyaviy funksiyani kuchaytirish; 
    – matematikaga o’qitishning amaliy yo’naltirilishi; 
    –muqobil o’quv-uslubiy ta’minotni qo’llash; 
    – o’qitishni kompyuterlashtirish v.h. 
     
    Mustahkamlash uchun savollar. 
    1. Didaktika, didaktika masalalari deganda nimani tushunasiz? 
    2. O’qitish prinsiplariga qanday prinsiplar kiradi? 
    3. Matematikaga o’qitishning didaktik prinsiplari qanday prinsiplar? 

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish