55
Muammoli-qidiruv usullari:
o’quv materialini
muammoli bayon etish
(evristik suhbat), o’quv munozarasi, laboratoriya sharoitida qidiruv ishi (materialni
o’rganish), kichik guruhlarda ishlashning jamoaviy fikrlash faoliyatini tashkil
etish, tashkiliy-faoliyatli o’yin, tadqiqot ishlari.
Reproduktiv usullar:
o’quv materialini qayta hikoya qilib berish, mashqni
berilgan
namuna asosida bajarish, yo’riqnoma bo’yicha tajriba ishi, trenajerlarda
mashq qilish.
Ijodiy-reproduktiv usullar:
insho, variativ mashqlar, ishlab chiqarish
vaziyatlari tahlili, o’yinlar va boshqa kasbiy faoliyat bilan bog’liq taqlidlar
(imitatsiya).
O’qitish usullarining asosini o’qituvchi va o’quvchilarning turli qo’llanishlari
tashkil etadi. Uslubiy qo’llanishlar –
harakatlar, aniq topshiriqlarini bajarishga
qaratilgan ishlash vositalari. O’quv ishlarida qo’llash usulidan foydalanish
tushunchasi ortida aqliy qo’llashlar bekingan bo’ladi (tahlil va sintez, solishtirish
hamda umumlashtirish,
isbotlash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, asosiysini
aniqlash, xulosalar va
tushunchalarni shakllantirish, tasavvur va eslab qolish
metodlarini ishga solish).
O’qitishning zamonaviy usullari, mustaqil ravishda bilim olish faoliyatiga,
ya’ni bilish faoliyatiga emas, asosan, o’zlashtirishga tayyor bo’linmagan bilimlarni
o’rgatishga mo’ljallangan.
Maxsus usullar –
bilishning asosiy, ya’ni matematikaning o’zida va
matematikaga xos bo’lgan usullarni (matematik modellar qurish, bunday
modellarni qurishda qo’llaniladigan mavhumlashtirish usullari, aksiomatik usul)
o’qitishga moslashtirishdir.