• O’qitish usuli
  • Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    4.
     
    MATEMATIKAGA O’QITISH USULLARI 
     
    An’anaviy va noan’anaviy usullar.
    An’anaviy o’qitish bir qator 
    kamchiliklarga ega. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
    – fikr tarqoqligi natijasida diqqatni bir joyga jamlay olmaslik va o’quv 
    materiali mazmunini anglashda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish 
    uchun mavzuni bayon qilish paytida ravon va chiroyli so’zamollik usullarini 
    qo’llay bilish; 
    –matematik materialni o’rganishda sur’at o’rtacha bo’lishi; 
    – eslab qolish talab etiladigan material hajmining katta bo’lishi; 
    – matematika bo’yicha differensiyalangan materiallarning kam bo’lishi v.h. 
    Matematikaga an’anaviy o’qitishning kamchiliklarini fanni o’qitishni 
    takomillashtirib borish orqali bartaraf etish mumkin. 
    Usul (grekcha metodhodos – tadqiq yo’li) – maqsadga erishish vositasi.


    52 
    O’qitish usuli
    – o’qitish va tarbiyaviy ishlar olib borishdagi didaktik 
    qo’llashlar va vositalarning tartiblangan majmuasi. O’qitish usuli o’qituvchi va 
    o’quvchilarning navbat almashib turadigan va o’zaro bog’liq bo’lgan faoliyati.
    Har qanday o’qitish usuli maqsadni, harakatlar tizmini, o’qitish vositalari va 
    belgilangan natijaga erishishini o’z ichiga oladi. O’qitish usulning obyekti va 
    subyekti o’quvchi hisoblanadi. 
    Biror-bir bitta o’qitish usulidan sof holda faqat maxsus rejalashtirilgan o’quv 
    yoki tadqiqot maqsadlaridagina foydalaniladi. Odatda, o’qituvchi turli o’qitish 
    usullaridan foydalanshni afzal ko’radi. 
    O’qitish usuli – tarixiy kategoriya. Pedagogikaning butun tarixi davomida 
    o’qitish usullari muammosini hal etishga turlicha nuqtayi nazardan qaralib 
    kelingan: ya’ni, faoliyat shakllari; faoliyatning mantiqiy tizimlar va funksiyalar 
    shakli; faoliyatning bilish xarakteri orqali muammoga yechim topishga harakat 
    qilingan. Bugungi kunda zamonaviy o’qitish usullari nazariyasiga turlicha 
    yondashuvlar mavjud. 
    O’qitish usullarini tasniflash (klassifikatsiyalash) har xil asoslarda olib 
    boriladi. 
    Bilish faoliyati xarakteriga ko’ra: 
    –illyustrativ-tushuntirishli (hikoya, ma’ruza, suhbat, namoyish);
    –reproduktiv-tiklovchi (masalalar yyechish, tajribalarni takrorlash);
    –muammoli (muammoli topshiriqlar, bilishga doir topshiriqlar); 
    –qisman-izlovchi – evristik; 
    –tadqiqiy. 
    Faoliyat komponentlariga ko’ra: 
    –tashkiliy-harakatli – o’quv-o’rganish faoliyatini tashkil qilish usullari; 
    –omilkorlik (stimullashtiruvchi) – o’quv-o’rganish faoliyatini stimullash va 
    motivlashtirish usuli; 
    –nazorat-baholash – o’quv-o’rganish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat 
    qilish usullari. 


    53 
    Didaktik maqsadlarga ko’ra: 
    –yangi bilimlarni o’rganish usullari; 
    –bilimlarni mustahkamlash usullari; 
    –nazorat qilish usullari. 
    O’quv materialini bayon qilish vositalariga ko’ra: 
    –monolog vosita – inshakltsion-xabar beruvchi (hikoya, ma’ruza, 
    tushuntirish); 
    –dialog asosidagi vosita (muammoli bayon, suhbat, bahs). 
    O’quvni tashkil qilish shakliga ko’ra: 
    O’quvchilarning mustaqilligi darajasiga ko’ra: 
    Bilimlar manbasini yetkazishga ko’ra:
    –og’zaki (hikoya, suhbat, ma’ruza, yo’riqnoma, munozara); 
    –ko’rgazmali (namoyish, illyustratsiya, chizma, materialni ko’rsatish, jadval); 
    –amaliy (mashqlar, laboratoriya ishi, amaliyot). 
    Shaxs tizimini hisobga olishga ko’ra: 
    –anglash (hikoya, suhbat, ko’rsatma berish, illyustratsiyalash); 
    –xususiyati (mashg’ulot, mashq v.h.); 
    –hissiyot – stimul hosil qilish (ma’qullash, maqtash, e’tirof etish, nazorat). 
    Keltirib o’tilgan tasniflashlar didaktik aspektda ko’rib chiqiladi: bu yerda 
    matematikaning predmet mazmuni yetarlicha bo’lmaydi, shuning uchun 
    matematikaga o’qitish usullarining barcha nomenklaturasini tasvirlash mumkin 
    emas. O’qitish usullarini tanlash – ijodiy ish, shunday bo’lsa-da, u o’qitish 
    nazariyasini 
    bilishga 
    asoslanadi. 
    O’qitish 
    usullarini 
    bo’lishning, 
    universallashtirishning yoki yopiq holda (izolyatsiyalangan) ko’rib chiqishning 
    iloji yo’q. Bundan tashqari, o’qitishning u yoki bu usuli qo’llanish sharoitlariga 
    ko’ra, bir paytning o’zida samarali bo’lishi yoki samarasiz bo’lishi ham mumkin.
    O’qitishning yangi mazmuni matematikaga o’qitishning yangi usullarini 
    keltirib chiqaradi. O’qitish usullarini qo’llashda kompleks yondashuvga, 
    egiluvchanlik hamda o’sib boruvchi xususiyatlarga e’tibor qaratish zarur.


    54 
    O’qitish usullarini pedagogik tasniflash – dars o’tish usullari va o’rganish 
    (o’qish) usullarini ajratadi. Keyingilari, o’z navbatida, matematikaga o’qitish 
    usularining ilmiy (kuzatish, tahlil, sintez v.h.) va o’quv (evristik, modellar orqali 
    o’qitish v.b.) usullari orqali tavsiya etilgan.
    Dars o’tish usullari – vosita va metodlar, inshakltsiya vositasi, boshqarish va 
    o’quvchilarning bilish faoliyatini nazorat qilishdan iborat. 
    O’qitish usullari – vosita va metodlar, o’quv materialini o’zlashtirish 
    vositalari, o’qitish va o’z-o’zini nazorat qilishning tiklovchi va mahsuldor 
    qo’llanishlari.
    Matematik tadqiqotning asosiy usullari – kuzatish va tajriba, solishtirib 
    ko’rish, tahlil va sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirish va aniqlashtirish. 
    Matematika o’qitishning zamonaviy usullari: muammoli (istiqbolli), 
    dasturlangan o’qitish, evristik, matemaktik modellar qurish, aksiomatik v.b. 
    O’qitish usullarini tasniflashni ko’rib chiqamiz (1-jadval). 

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish