63
YUNESKOning 1996-yildagi xalqaro konferensiyasida mamlakatning
ma’naviy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta’lim-tarbiyani intensivlashtirishda
pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslandi.
“Pedagogik texnologiya bilimlarni o’rganish yaxlit jarayonida ta’lim
shakllarini optimallashtirish,
texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o’zaro
hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir”, degan xulosaga kelindi.
Uzoq vaqt hukm surgan, sobiq tuzumga asoslangan byurokratik pedagogika
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondashish yo’llarini berkitgan edi. Ayniqsa,
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish man etilgan edi.
O’zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mustaqillik sharofati bo’lsa,
uni amalga oshirishning asosiy ilmiy-metodik omillaridan biri yangi pedagogik
texnologiyadir. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti ta’lim-tarbiya
jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi, mexanizimi, ya’ni pedagogik
qonuniyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimining samarali,
ommabop
mexanizmidir. Pedagogik texnologiyaning ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan
individual mahoratdan farq qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya fanini
o’qitishning maqsadi – bo’lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar
va aniq shart-sharoitga, asosan ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod
va vositalarini tanlashga o’rgatishdan iborat.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning vazifasi:
–
bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga pedagogik texnologiya,
rivojlangan mamlakatlar ilg’or
pedagogik texnologiyasi, O’zbekistonda Kadrlar
tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish tajribalari haqida nazariy bilim
berish:
–
pedagogik jarayonni loyihalash;
–
ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni va optimal metodlarini qo’llash ko’nikma
va malakasini shakllantirish;
–
pedagogik diagnostika qobiliyatini o’stirishdan iborat.
64
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda ta’lim
jarayonida pedagogik
texnologiyalarni qo’llash ham rivojlanib boradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud
qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy
taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va
umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik
va demokratiya prinsiplariga,
ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.
Pedagogik
texnologiya
fani bo’lajak o’qituvchilarni ilmiy-metodik
tayyorlashda alohida o’rin tutadi. Pedagogika nazariyasi va tarixidan mukammal
bilim va malakaga ega bo’lgandan keyin pedagogik texnologiya yoki yangi
pedagogik texnologiya fani o’rganiladi. Demak,
pedagogik texnologiya
pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya, matematik modellashtirish fanlari
bilan o’zaro bog’liqlikda o’rganiladi.
Pedagogik texnologiya nima?
Bu haqida ko’pgina mualliflar o’z ta’riflarini berganlar. Bular:
BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo’lgan YuNESKO ta’rificha:
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish
maqsadida inson
va texnika resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun
o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo’llash
tizimidir.