67
Matematika darsi va uning strukturasi. Darsning turlari.
O’quv jarayonida
turg’un tashkiliy shakl yoki o’qitish turlari sifatida namoyon bo’ladigan pedagogik
jarayon muhim rol o’ynaydi.
O’qitish shakllari
– o’quv mashg’ulotining turi, o’quvchilar hamda
o’qituvchining o’quv faoliyatini tashkil etish vositasi bo’lib, u o’quvchilarning
o’qish jarayonida bilimini orttirishga,
tarbiyalashga, uquvi hamda ko’nikmalarini
rivojlantirishga yo’naltirilgan
Dars – o’qitishning asosiy shakli.
Maktabda o’quvchilar bilan o’quv-
tarbiyaviy ish olib borishning asosiy shakli dars hisoblanadi.
Dars
– mantiqan tugallangan, butun, o’quv-tarbiyaviy ishlarni olib borishda
vaqt doirasi kesimi bilan chegaralangan jarayon. Darsda
bu jarayonning barcha
elementlari (maqsad, mazmun, vositalar, usullar, tashkiliy shakllar) mujassam
bo’ladi. Dars o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish shaklini namoyon
etadi.
Dars bu – sinf o’quvchilari bilan 40-45 daqiqa
mobaynida davom etadigan
mashg’ulot. Bunday mashg’ulotlar soni maktab o’quv rejasiga, uning mazmuni esa
davlat standarti va o’quv dasturlari tomonidan belgilanadi.
Dars tushunchasi o’ziga xos xususiyatlarga (asosiy xususiyatlarga) ega
bo’ladi, bu esa uni turli nuqtayi nazardan ko’rib chiqish imkonini beradi.
Boshqacha qilib aytganda, dars quyidagi komponentlarga ega bo’ladi:
– maqsad;
– mazmun;
– o’qitish vosita va usullari;
– o’quv faoliyatini tashkil etish.
Dars maqsadlari orasida: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish muhim rol o’ynaydi.
Dars maqsadiga mos ravishda o’qitish, birinchi navbatda, dars mazmuni tanlanadi.
Dars maqsadini belgilashda o’qituvchiga o’quv dasturlari, uslubiy qo’llanmalar,
didaktik materiallar, uslubiy tavsiyalar v.b. yordam beradi.
68
O’quv jarayoni o’qitish
vositalarining, usullarning va qo’llanishlarning
tarkiban yaxlit bo’lishini taqozo etadi. Har bir usulning, qo’llanishning o’qituvchi
va o’quvchilar o’zaro munosabatlari orqali aniqlanadigan o’z tashkiliy shakli
bo’ladi.
O’qituvchi darsda butun o’quv faoliyatini, xususan, o’quvchilar
faoliyatini
tashkil etishning har xil: umumiy (butun sinf bilan ishlash), guruhli (bo’g’in, guruh
v.h.) hamda individual shakllaridan foydalangan holda boshqaradi. O’quv
faoliyatining tashkiliy shakli dars paytida turli birikmalar va ketma-ketlikda
namoyon bo’ladi. Bu borada ta’kidlash o’rinliki, dars vaqtini zichlashtirishda,
o’quvchilarning o’zaro birgalikda o’qishini va o’quvchi
shaxsini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoaviy ishlash shaklining o’rni va roli
beqiyosdir.
O’quv jarayonini mantiqiy nuqtayi nazardan ko’rib chiqar ekanmiz, biz dars
tizimi tushunchasiga yaqinlashamiz. Darhaqiqat,
dars tizimi deyilganda nima
tushuniladi? Endi shu haqda so’z yuritamiz. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki,
o’quvchilarni yangi material bilan tanishtirishdan iborat bo’lgan darsning umumiy
tizimi hamisha didaktik ahamiyatga ega uchta komponentdan iborat bo’ladi:
1.Avval olingan bilim va harakat vositalarini faollashtirish.
2.Yangi bilim va harakatlar vositalarini shakllantirish.
3.Olingan bilimlarni amalda qo’llash.
Matematika darsi tushunchasidan foydalangan holda qo’llash mumkin
bo’lgan ko’p imkoniyatlar orasidan darsning quyidagi asosiy bosqichlarini alohida
ajratib ko’rsatish mumkin:
1.O’quvchilar oldiga dars maqsadini qo’yish.
2.Yangi material bilan tanishtirish.
3.Yangi materialni mustahkamlash: a) inshakltsiyalar va harakat vositalarini
tiklash darajasida; b) ijodiy qo’llanish va bilim izlash darajsida.
4.Bilim, uquv va ko’nikmalarni tekshirish.
5.O’rganilgan materialni tizimlashtirish va umumlashtirish.
69
Bitta dars, bu – berilggan mavzu yoki maktab kursining biror bo’limiga oid
boshqa darslar zanjiridagi bitta bo’g’in. Shunday bo’lsa-da, boshqa tomondan olib
qaraganda,
har bir dars, hatto, uning har bir bosqichi tugallangan bir butunlikni
tashkil etadi.