Bilimlarni nazorat qilish darslari




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

Bilimlarni nazorat qilish darslari.
 
O’quvchilarning olayotgan bilimlarini 
qanday o’zlashtirayotganini nazorat qilish bilan ular bu bilimlarni xotirasida 
qanchalik saqlab qolayotgani ustidan olib boriladigan, ya’ni joriy va 
kechiktiriladigan nazoratni farqlay bilish kerak. Unisi ham, bunisi ham yozma yoki 
og’zaki tarzda so’rov shaklida olib boriladi. Har qanday so’rovlardan esa 
umumiylik (tanlangan yoki individual emas) talab etiladi. Bizning maktablarimizda 
o’qitishning o’zi umumiy bo’lganligi uchun ham so’rovlar umumiy bo’lishi kerak. 
Shunisi ham borki, so’rov o’quvchini hamma narsani hamisha ham bilaverish 


83 
zarurligi tushunchasidan xalos etadi. Masalan, agar matematika o’qituvchisi atigi 
bir necha o’quvchidan uchburchaklar tengligining birinchi alomatlari isboti haqida 
so’rasa, ushbu savol bilan murojaat etilgan o’quvchilar bemalol keyingi ikkinchi va 
uchinchi alomatlar haqidagi savollarga javob berish uchun tayyorlanmasliklari 
mumkin. Buni shunday tushunish kerak: qayerda ehtimollik qonuni buzilsa, o’sha 
yerda qulaylik buziladi. Ya’ni, bola bugun undan kecha o’tilgan darsni 
so’rashadimi yoki yo’qmi, bilmaydi. Shu o’rinda bitta misol keltirib o’tsak, o’rinli 
bo’ladi. Shunday bir nuqtayi nazar bor – bola yashashga tayyorgarlik ko’radi. 
Boshqa tushuncha ham bor – bola yashayapti. Nima uchun uning hayoti kattalarga 
nisbatan noqulayroq bo’lishi kerakligi tushunarsiz bir holdir. Axir katta yoshli 
odam ertalab ishga bora turib, bugun uni oldinda nima kutayotganini yaxshi biladi-
ku. Bola esa o’zi uchun muhim bo’lgan narsani – bugun undan darsda o’tilganlarni 
so’rashadimi, yo’qmi, bilmaydi. Shuning uchun ham bunday so’rovlarda tizimli 
bilimlar haqida gap bo’lishi mumkin emas. 
Avvaldan ogohlantirmasdan turib, bolani doska yoniga chaqirish bilimni 
nazorat qilishning noto’g’ri usuli sanaladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, bunday 
kutilmagan doskaga chaqirishda o’quvchi o’tilgan material haqida yaxshi javob 
bera olishiga hech qanday kafolat yo’q. Bu esa sinf uchun darsning ma’lum bir 
qismi foydasiz (hatto, zararli deyish mumkin) o’tdi, deganidir. Umumiy nazorat 
emas, balki individual holda nazorat olib borish – dars vaqtining bekorga 
yo’qotilishi deganidir. Avvaldan ogohlantirilgan o’quvchining savollarga javob 
berishi, boshqa o’quvchilar (endigina dars ishlanmasini ko’rsatish orqali 
o’qituvchiga hisobot bergan) esa doska yonidagi o’quvchining fikrlarini qabul 
qilishga tayyor turishi, bu endi, boshqa gap. Shunday qilinsa, o’quvchining 
javoblari yuqori sifatli bo’ladi, uni tinglash esa foydali bo’ladi.
Yozma so’rovni umumiylashtirish (ommaviylashtirish) oson. Chunki yozma 
ravishda nimani so’rash mumkin bo’lsa, barchasini umumiy yozma javob 
olinadigan shaklda yozma holda so’rash kerak. Masalan, ikkiyoqlama burchak 
sinusi formulasini isbotlash uchun o’quvchini doska yoniga chaqirish shart emas, 


84 
buning uchun barcha o’quvchilar o’z isbotlashlarini qog’ozga yozishi va 
o’qituvchiga topshirishi kerak.
Bolaning yoshi qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p nazariy materiallar 
uchraydiki, ularni yozma (tag’in, qisqa holda!) ravishda bayon etishning iloji yo’q, 
ularga faqat og’zaki ravishda atroflicha javob berish mumkin. Bunga 7-sinfdagi 
uchburchaklar tengligi belgilari misol bo’la oladi. Bunday holatda og’zaki so’rov 
o’tkazish kerak. Lekin bu so’rov umumiylashgan (ommaviylashgan) bo’lishi 
kerak. Bu ishni amalga oshirish uchun bir o’quvchi ikkinchi o’quvchi bilan so’rov 
o’tkazishini tashkil etish kerak. Bu haqda 1-5-8-paragrafda atroflicha so’z 
yuritilgan. Joriy nazorat (yozma yoki og’zaki) kundalik ish jarayoniga tabiiy 
ravishda singdirilishi kerak. Chunki matematika kursi mantiqan juda to’g’ri 
tuzilgan, demak, ana shu mantiqqa asosan joriy nazorat tabiiy, uzluksiz 
xususiyatga ega.
Keyinga qoldirilgan nazorat, bu – boshqa masala. Uning maqsadi – butun 
kurs bo’yicha bilimni mustahkamlash. Buning uchun maxsus tashkil etilgan 
uzluksiz takrorlash talab etiladi.
Kursning katta mavzulari bo’yicha bilimlarni nazorat qilish yozma nazorat 
ishlari orqali amalga oshiriladi. Nazorat ishi matniga nafaqat amaliy masalalarni 
yyechishni, balki nazariy ahamiyatga savollarni ham kiritib to’g’ri qilishadi. 
Masalan, “Kvadrat ildizlar” mavzusidagi birinchi nazorat ishi topshiriqlari 
quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1) kvadrat ildiz aniqlovchisini kiriting. 
2) ikki son chiqarish orqali kvadrat ildizini isbotlab bering. 
Bu ikki topshiriqdan birinchisini boshqa variantlarda kvadrat ildizni kvadrat 
tenglamalari, kvadratni esa kvadrat ildizi teoremalari bilan almashtirish mumkin. 
Ikkinchi topshiriqni esa ildiz teoremasi bilan almashtirsa bo’ladi. 
Ko’plab o’qituvchilar matematika kursining katta mavzulari bo’yicha sinovlar
o’tkazishadi. Bunday sinovlarning metodikasi nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan, 
shuning uchun ham har bir o’qituvchi bu ishni o’z bilganicha amalga oshiradi.


85 
Matematika bo’yicha bilimni nazorat qilishning keng tarqalgan va zaruriy 
shakllaridan biri – nazorat ishi.
Nazorat ishi an’anaviy tarzda ikki variantda o’tkaziladi. Bu variantlar doskaga 
(xattaxtaga) yozib qo’yiladi. Ishlash paytida o’qituvchi u mustaqil yozilishini 
nazorat qilib turadi. Har qanday muloqotning oldi olinadi. Shuni ham eslatib o’tish 
lozimki, bunday ishlashda xuddi futbol hakamlari kabi sariq va qizil 
kartochkalardan foydalanish qulaylik tug’diradi. O’quvchi tomonidan tartib 
birinchi bor buzilganda uning ismi doskaga (xattaxtaga) yozib qo’yiladi, ikkinchi 
shunday qilsa, nomi doskadan o’chiriladi, uchinchi bor tartibni buzsa, nazorat ishi 
uning qo’lidan olib qo’yiladi. 
Nazorat ishi bir necha variantda o’tkazilsa, yaxshi bo’ladi. Buning uchun esa 
o’quvchining nafaqat yonida, balki oldi va orqasida ham shu variantni ishlayotgan 
hech kim bo’lmasligi kerak. (Bu yerda gap to’liq sinf haqida borayapti, agar sinfda 
bor-yo’g’i yetti kishi bo’lsa, xona kengligi yetarlicha hajmda bo’lsa, bitta variantli 
nazorat ishini qo’llasa ham bo’ladi). Agar variantlar soni to’rtta bo’lsa, yanayam 
yaxshi. Lekin shunday o’qituvchilar ham borki, ular variantlar soni yanada 
ko’proq – o’nta, hatto, sinfdagi bolalar soniga teng bo’lishini istashadi. Lekin 
bunday xilma-xillik ishni tekshirish va natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirib 
qo’yadi. 
Yozib bo’lingan ishni o’qituvchi yig’ib olishi va sinchkovlik bilan tekshirib 
chiqishi kerak. Bu ishni qanday amalga oshirish to’g’risida turlicha fikrlar mavjud. 
Ba’zilar tekshirilayotgan ishdagi barcha xatolarni qizil qalam bilan tuzatib chiqish 
kerak deb hisoblashadi. Boshqalar esa xatolarni tuzatish emas, tagiga chizib 
chiqish kerak, deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchilarning ta’kidlashicha, kam 
hisoblash va noto’g’ri yozuvlar tagiga – to’lqinli, oddiy xatolar tagiga – to’g’ri, 
qo’pol xatolar tagiga esa – ikki chiziq tortish lozim. Fikr bildiruvchilarning 
uchinchi toifasi esa umuman, hech qanday chiziq tortmaslikni, xatolarni 
tuzatmaslikni, buning o’rniga daftar hoshiyasiga masalaning har biri to’g’risida 
yechilgan yoki yechilmaganligini (chunki o’quvchi xatolarni o’zi to’g’rilashi 


86 
lozim, agar uddalay olmasa, o’qituvchiga murojaat qilishi kerak) qayd etish kifoya 
deb hisoblashadi.
Shunday qilib, nazorat ishi yozildi va tekshirib chiqildi. Ishni eplolmaganlarni 
nima qilish kerak? Bunday holatda hammasi “omadsizlar” soni nechta ekanligiga 
bog’liq. Agar kam sonli bo’lsa, ular bilan qo’shimcha (qo’shimcha mashg’ulot 
o’tkazish yoki qo’shimcha uy vazifasi berish) ish olib borish kerak. Agar ular 
ko’pchilik bo’lsa, unda mana bunday usuldan foydalangan ma’qul. Keyingi darsda 
barcha o’quvchilarni variantlariga qarab guruhlarga bo’lgan holda (buning uchun 
stollarni surib qo’yish mumkin) o’tqizib chiqing. Har bir guruhda bittadan 
topshiriqni yaxshi bajargan (agar bunday o’quvchilar bo’lmasa, nazorat ishi boy 
berilgan deb hisoblanadi, sinfda avval o’rganilgan butun materialni o’rganishni 
qayta takrorlashga to’g’ri keladi) o’quvchi bo’lishi kerak. Ana shu kuchli o’quvchi 
ishni o’z guruhidagi barcha bolalar boshqatdan oqqa ko’chirishini ta’minlaydi. Ish 
bajarilgach, yig’ib olinadi va kuchli o’quvchilar (bu o’quvchilar “begona” 
guruhlardagi o’quvchilar ishini tekshirishga jalb etilishi ham mumkin) yoki 
o’qituvchi tomonidan tekshirib chiqiladi. Agar tekshirish natijasi o’quvchilar 
hamma narsani tushunganini ko’rsatsa, almashtirilgan variantdagi ishlar qayta 
ko’chirib chiqiladi. Nazorat ishlari topshiriqlarini tuzishdagi muhim muammo, bu 
– variantlardagi qiyinlik darajasini solishtirib ko’rishdir. Bu borada ham har xil 
fikrlar mavjud. Variantlar har xil qiyinchiliklarda bo’lishi kerak deguvchi 
mutaxassislar ham bor. Ularning ba’zilari bajarilgan ishga qiyinchiliklarni inobatga 
olmagan holda “besh” baho qo’yish kerak, deguvchilar ham bor. Yana boshqalari 
esa, o’quvchi oson yoki qiyin variantni yozib olganiga qarab, baholash ishlari olib 
borilishi kerak, deb hisoblaydilar. Bundan tashqari, qanday baho olishni istagan 
holda, o’quvchining o’zi qaysi variantni tanlaganiga qarab baholash lozim, deb 
hisoblovchi mutaxassislar ham bor. Biz esa har qanday holatda ham o’quvchi 
ishdan bo’yin tovlamay, o’zini namoyon etishi uchun imkon berish kerak, deb 
hisoblaymiz. Shuning uchun ham, biz, barcha variantlarda o’sib boruvchi 
(“qiyinlik zinachasi”) qiyinchilik bir xil bo’lishini tavsiya etamiz. Mayli, kim 


87 
nimaga qodir bo’lsa, ya’ni har bir o’quvchi bugungi kundagi bilimi imkon 
beradigan darajagacha topshiriqni yechsin, nimaga qodirligini ko’rsatsin. 
Ba’zi bir mavzular borki, ular bo’yicha (ayniqsa, geometriyada ko’p) 
qiyinchiligi bir xil bo’lgan variantlar tuzish og’ir, chunki bunday mavzulardagi 
masalalarning har biri o’z qiyofasiga ega, shuning uchun ham ular qanday 
yechilishini tekshirib ko’rging keladi. Bu boradagi nazorat ishlari alohida metod 
asosida tuzib chiqish lozimligini maslahat beramiz. O’qituvchi kartochkalarga 
topshiriqlarni (topshiriq matni yoki uning darslik bo’yicha nomerini) yozadi va 
o’quvchilarga taxlam ichidan bittasini tanlab olishni taklif etadi. Olingan har bir 
topshiriq shu o’quvchi nomiga yozib qo’yiladi. O’quvchi bu topshiriqni yo 
bajaradi, yoki uni ishlashni rad etadi, har ikkala sharoitda ham bola keyingi 
kartochkani oladi v.h. Ish tugagandan so’ng o’qituvchi qo’lida o’quvchilarning har 
biri olgan topshiriqlar ro’yxati, shuningdek, barcha topshiriqlar bajarilgan yoki 
hammasi bajarilmagan nazorat ishlari jamlanadi. Bu topshiriqlarni qo’shimcha 
ravishda qayta saralab chiqish mumkin. Masalan, masalalarning bir qismi avval 
sinfda yechilgan bo’lsa, bu masalalarni alohida rangli yoki alohida o’lchamli 
kartochkalarga kiritiladi hamda har bir o’quvchiga navbati bilan u yoki, bu 
ko’rinishdagi kartochka beriladi. Bunday usulda ishlash bolalarga juda yoqadi, 
lekin u tekshirishda qiyinchilik tug’diradi. 
Ta’kidlash zarurki, intensiv o’qitish usulida nazorat ishlarini tez-tez 
o’tkazmaslik kerak. Ularni faqat yirik bo’limlar bo’yicha yiliga 5 marta 
o’tkazishning o’zi yetarli bo’ladi. Har bir nazorat ishi uchun 2-3 soat ajratilsa, 
foydali bo’ldi. Chunki nazorat ishini bajarish uchun 1-2 soat sarflansa, yana 1-2 
soat (nazorat ishi arafasida va undan keyingi kun) – uni tayyorlash va natijalarni 
tekshirishga sarflanadi. Quyida 1 soatlik dars namunasini keltiramiz.

Download 3,86 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish